Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
NAVBATDAGI QABUL O’TKAZILDI
2021-01-26 14:38:57 201
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tumandagi Xalq qabulxonasida fuqarolarning navbatdagi qabuli o’tkazildi. Qabulni Qo’shtepa tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari, tuman hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi A.Yusupov o’tkazdi.
Unda hokim o’rinbosarlari, tuman Xalq qabulxonasi mudiri R.Abdullayev hamda aloqador idora va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.
Qabulda jami 50 nafardan ziyod fuqarolar o’z muammolari bilan qatnashdi. Fuqarolar tomonidan bolalar puli va moddiy yordam ajratish, elektr va suv ta'minoti, bank, sog’liqni saqlash, tadbirkorlik, kadastr bilan bog’liq va shu kabi boshqa masalalar bo’yicha muammolar aytildi.
Qabul chog’ida muammolar birma bir tinglandi va yechimiga e'tibor qaratildi. Aksariyat murojaatlar shu yerning o’zidayoq tegishli tashkilotlarga ijro uchun yo’naltirildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.