Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 33 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QONUNCHILIKDAGI YANGILIKLAR

×

 2021-01-25 15:16:37    197

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasining “Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O’zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksiga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish haqida” Qonuni mazmun-mohiyati va ahamiyati

I. Qonunning maqsadi.

Qonunning maqsadi dolzarb, ishonchli va jamiyat uchun muhim bo’lgan axborotni erkin tarqatish jarayonlariga ko’mak beradigan amaliy huquqiy mexanizmlarni yaratish, ommaviy axborot vositalari erkinligi hamda jurnalistlarning professional faoliyatining himoyasi to’g’risidagi qonunchilik himoyasini ta'minlash, milliy axborot makoni hamda huquq tartibot asoslari xavfsizligi va barqarorligini ta'minlashdan iborat.

Mazkur Qonun bilan yolg’on axborotni tarqatganlik uchun yuridik javobgarlik choralarining qabul qilinishi fuqarolarning axborot huquqlarining himoyalanishi, kommunikatsiya tizimiga dolzarb va ishonchli axborotlarning kiritilishi, jamiyat xavfsizligi va barqarorligining ta'minlanishiga ko’mak beradi.

II. Qonunning mazmuni va mohiyati.

Qonun bilan Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O’zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksiga o’zgartish va qo’shimchalar kiritildi.

Xususan, Ma'muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksga kiritilgan qo’shimchaga ko’ra shaxsning qadr-qimmati kamsitilishiga yoki uning obro’sizlantirilishiga olib keladigan yolg’on axborotni tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet tarmog’ida tarqatish BHMning 50 baravari (11 mln 150 ming so’m) miqdorida jarima solishga sabab bo’ladi.

Agar tarqatilgan yolg’on axborot jamoat tartibiga yoki xavfsizligiga tahdid solsa uni tarqatgan shaxs BHMning 100 baravarigacha (22 mln 300 ming so’m) miqdorda jarimaga tortilishi mumkin.

Jinoyat kodeksiga kiritilgan qo’shimchaga ko’ra, yolg’on axborot tarqatganlik uchun ma'muriy javobgarlikka tortilgan shaxs ushbu huquqbuzarlikka takroran yo’l qo’ysa, BHMning 400 baravarigacha (89 mln 200 ming so’m) miqdorda jarimaga tortilishi yoki uch yilgacha ozodlikni cheklash jazosi bilan jazolanishi mumkin.

Zo’ravonlikni targ’ib qiluvchi mahsulotni Internetda tarqatganlik uchun ham jinoiy javobgarlik belgilandi.

Shuningdek, Qonun bilan Jinoyat kodeksiga kiritilgan o’zgatirishga ko’ra, endilikda pornografik mahsulotni hamda zo’ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ’ib qiluvchi mahsulotni ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet tarmog’ida tarqatganlik uchun ham jinoiy javobgarlik belgilandi (ilgari ushbu mahsulotlarni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish uchun javobgarlik belgilangan edi).

Shuningdek, og’irlashtiruvchi holatlarda tuhmat va haqorat qilganlik uchun ozodlikdan mahrum qilish jazosi bekor qilindi.

Endilikda:

· tuhmat jinoyatini sodir etganlik uchun (139-modda, 3-qism) BHMning 500 baravarigacha (111 mln 500 ming so’m) miqdorida jarimadan 3 yilgacha ozodlikni cheklash (ilgari 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan);

· haqorat qilish jinoyatini sodir etganlik uchun (140-modda, 3-qism) BHMning 600 baravarigacha  (133 mln 800 ming so’m) miqdorda jarimadan 1 yilgacha ozodlikni cheklash jazosi qo’llanilishi belgilandi (ilgari 1 yilgacha  ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo’llanilgan).

Ta'kidlash joizki, tuhmat va haqorat holatlari bilan bog’liq jinoyatlar tarkibiga nisbatan yengillashtirish choralari jamiyatda ochiqlik darajasini oshirib, O’zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglar va indekslardagi ko’rsatkichlarining ko’tarilishiga yordam beradi.

Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

Ziyodbek HALIMJONOV,

Qo’shtepa tumani adliya bo’limi yetakchi maslahatchisi.