Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“AYOLLAR DAFTARI”GA KIRITILGAN XOTIN-QIZLARGA TADBIRKORLIK BILAN SHUG’ULLANISHI UCHUN KREDITLAR AJRATILADI
2021-01-20 13:00:39 228
Qo’shtepa tumanida “Ayollar daftari”ga kiritilgan tadbirkorlik faoliyatini yo’lga qo’yish uchun kredit olish istagida bo’lgan ayollar bilan amaliy seminar o’tkazildi.
Seminarda tuman hokimining xotin-qizlar masalari buyicha maslahatchisi mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi boshlig’ining birinchi o’rinbosari B.Mo’minova, Xalq banki tuman filiali boshlig’ining xotin-qizlar masalalari bo’yicha o’rinbosari X.Bobobekova, mahalla fuqarolar yig’ini raislarining o’rinbosarlari va “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar ishtirok etdilar.
Tadbirkorlik qilish va o’zining ish faoliyatini yo’lga qo’yish istagida bo’lgan xotin-qizlarimizga tadbir davomida kredit olish tartiblari va talablari tushuntirib berildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.