Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 40 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SEMINARDA

×

 2021-01-20 12:52:57    189

PDF yuklash
Chop etish


Soliq kodeksiga kiritilgan o’zgartirish va qo’shimchalar hamda «2021 yil uchun O’zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni mazmun-mohiyatini tadbirkorlar va keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida Farg’ona viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan seminar tashkil etildi.

Tadbirda Davlat soliq qo’mitasi va viloyat davlat soliq boshqarmasining mas'ul xodimlari, tadbirkorlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar. Shuningdek, videokonferensiya tarzida o’tkazilgan seminarda shahar va tumanlardagi studiyalardan joylardagi soliq inspeksiyalari xodimlari hamda tadbirkorlar qatnashdilar.

Seminarda Davlat soliq qo’mitasi raisining birinchi o’rinbosari Mubin Mirzayev so’zga chiqib, Soliq kodeksiga kiritilgan asosiy o’zgartirish va qo’shimchalar hamda 2021 yilda soliq siyosatidagi yangiliklar haqida ishtirokchilarni xabardor qildi.

Videokonferensiya tarzida o’tkazilgan mazkur seminarda Qo’shtepa tumanidagi yuridik shaxslar, xususiy tadbikorlar hamda soliq inspeksiyasi xodimlari ham ishtrok etishdi.   

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.