Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 22 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

JINOYATCHILIK VA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH-DOLZARB VAZIFA

×

 2021-01-20 12:49:25    238

PDF yuklash
Chop etish


Qo’shtepa tumanidagi Madaniyat markazida Farg’ona viloyati IIB boshlig’i, polkovnik D.Tashxodjayev ishtirokida tumanda jinoyat va huquqbuzarliklarning sodir etilish sabablari va oqibatlari ochiq muloqot tarzida muhokama qilindi.

Tadbirda Qo’shtepa tumani IIB boshlig’i S.Abdullayev, tuman hokimi o’rinbosari A.Yusupov hamda huquqni muhofaza qilish idoralari, mahalla fuqarolar yig’ini raislari, tumandagi tashkilot va muassasalar, mahalla faollari va ommaviy axborot vositalari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida Qo’shtepa tumanida o’tgan 2020 yil davomida sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklar muhokama qilinib, bu borada kelgusida bajarilishi lozim bo’lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek, tumanda sodir etilayotgan yo’l transport hodisalari ham muhokama qilindi. Tadbir qatnashchilariga yo’l harakati qoidalariga har bir fuqaro amal qilish shartligi, haydovchi bilan birga piyodalar ham harakat xavfsizli qoidalariga rioya qilishi lozimligi, birgina xato tuzatib bo’lmas oqibatlarga olib kelishi mumkinligi tushuntirib o’tildi.

Muloqot chog’ida so’z olganlar har bir mahallani jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirish, bu borada befarqlik, loqaydlik holatlariga barham berish, hududlarda jinoyatchilikni oldini olish va bu borada amalga oshirilishi kerak bo’lgan chora-tadbirlar xususida o’z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.