Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA
2021-01-15 17:33:47 171
Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov bugungi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi mas'ul xodimlari ishtirokida o’tkazilgan “Siyosiy (Ma'rifat) soati”da ishtirok etdi.
Aholi bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqot o’tkazish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash hamda hal etish maqsadida, tuman hokimi I.Novikov tomonidan Namuna mahalla fuqarolar yig’inida navbatdagi sayyor qabul o’tkazildi. Qabulda 9 nafar fuqarolar ishtirok etishdi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan muammolarni ijobiy hal etish yuzasidan muddatlar belgilangan xolda tegishli tashkilot va korxona rahbarlariga topshiriqlar berildi.
Shuningdek, yoshlarning fikrini tinglash hamda ularning hayotidagi dolzarb muammolarni o’rganish, yoshlarning e'tirozlariga sabab bo’layotgan omillar hamda bu boradagi murojaatlariga sabab bo’layotgan omillarni bartaraf etish maqsadida Namuna mahalla fuqarolar yig’ini hududida istiqomat qiluvchi yoshlar bilan 35-umumta'lim maktabida “Hokim va yoshlar uchrashuvi” o’tkazildi. Uchrashuvda 20 nafardan ziyod yoshlar ishtirok etib, tuman hokimiga 14 ta masala bilan murojaat qildilar.
Tuman hokimi tomonidan yoshlarning muammo va takliflarini ijobiy hal etish yuzasidan muddatlar belgilangan holda tegishli tashkilot va korxona rahbarlariga topshiriqlar berildi. Uchrashuv davomida maktabning 7-sinf o’quvchisi I.Qosimov, 11-sinf o’quvchisi M.Po’latova hamda fan olimpidasida faol ishtirok etgan 9-sinf o’quvchisi N.Xoliqovalarga tuman hokimligining faxriy yorliqlari topshirildi.
I.Novikov tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli “Qayilma shifokorlar uyi”da bo’lib, muassasada aholiga qulay shart-sharoit yaratish hamda qish mavsumini betalofat o’tkazish yuzasidan mas'ul tashkilot rahbarlariga tegishli topshiriqlar berdi.
Shuningdek, hududdagi “G’ishtmon” qabristonida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishgan sektor rahbari tomonidan ushbu qabristonni yanada obodonlashtirish yuzasidan mas'ul tashkilot rahbarlari hamda mahalla fuqarolar yig’ini raisiga tegishli topshiriqlar berildi.
Tuman hokimi “J.Jaxonov Do’rmon” va “Solijonobod” MMTP hududlarida faoliyat ko’rsatib kelayotgan fermer xo’jaliklari tomonidan 2021 yil hosili uchun ekilgan g’alla maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlar, ekin maydonlarini meliorativ holatini yaxshilash maqsadida pol olish, sho’r yuvish hamda ichki sug’orish ariqlarini tozalash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Qishloq xo’jaligi ishlarini tizimli tashkil etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, “Texmashservis” mas'uliyati cheklangan jamiyatida g’alla o’rim kombaynlari hamda texnikalarni chigit ekish mavsumiga tayyorlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar bilan ham tanishildi. Mas'ul rahbarlarga ta'mirlash ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.