Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
NAVBATDAGI TADBIRKORLAR QABULI O’TKAZILDI
2021-01-06 17:11:40 224
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni faol qo’llab-quvvatlash, oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama rag’batlantirish, eksport faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratib berish maqsadida Qo’shtepa tumani hokimi I.Novikov tomonidan “Tadbirkorlar qabuli” o’tkazilib kelinmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Qo’shtepa tumanidagi Tadbirkorlar murojaatlarini ko’rib chiqish qabulxonasida tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash, ularning murojaatlarini ko’rib chiqish va muammolarini o’z vaqtida hal etish maqsadida tuman hokimi I.Novikovning navbatdagi tadbirkorlar qabuli bo’lib o’tdi.
Qabulda 6 nafar jismoniy va yuridik shaxslar ishtirok etdilar. Qabul jarayonida yo’llangan murojaatlarning 3 tasi joyida hal etilgan bo’lsa, 3 tasi qabulxona tomonidan ro’yxatga olinib, ijrosi nazoratga olindi.
Akbarjon UMAROV,
Qo’shtepa tumanidagi O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko’rib chiqish qabulxonasi yetakchi mutaxassisi.