Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
HOKIM QABULI O’TKAZILDI
2021-01-05 15:21:10 234
Bugun Qo’shtepa tumani hokimi I.Novikovning navbatdagi fuqarolar qabuli o’tkazildi. Ushbu qabul O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tumandagi Xalq qabulxonasida bo’lib o’tdi.
Unda hokim o’rinbosarlari, tuman Xalq qabulxonasi mudiri R.Abdullayev hamda aloqador idora va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.
Qabulda 50 nafardan ziyod fuqarolar elektr ta'minoti, moddiy yordam, bank, sog’liqni saqlash, bandlik, tadbirkorlik va boshqa masalalarga oid murojaatlari bilan ishtirok etdilar.
Tuman hokimi tomonidan muammolar birma bir tinglandi va yechimiga e'tibor qaratildi. Aksariyat murojaatlar shu yerning o’zidayoq tegishli tashkilotlarga ijro uchun yo’naltirildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.