Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
YANGI YIL YO’QLOVI
2020-12-28 20:45:49 237
Ayni kunlarda yurtimiz shahar va qishloqlarida aholining kam ta'minlangan, yordamga muhtoj, ehtiyojmand qatlami, bemorlar va nogironligi bo’lgan shaxslarni moddiy-qo’llab quvvatlash, ulardan hol so’rash maqsadida “Vaqf” xayriya jamoat fondi yana bir ezgu ishni amalga oshirmoqda.
Yurtimizda bo’lgani kabi viloyatimizning shahar va tumanlarida ham ushbu fond tomonidan har bir mahalladagi “temir daftar”ga kiritilgan oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatilmoqda.
Bugun Qo’shtepa tumani hokimi I.Novikov mutasaddi idora rahbarlari ishtirokida tumanimizdagi Yo’ldoshobod, Nurafshon, Oqtepa, Qayrag’och hamda Qumtepa mahalla fuqarolar yig’inida istiqomat qiluvchi 10 ta ehtiyojmand oilalarda bo’lib, bayram sovg’alarini topshirdi.
Odamlarga mehr-muruvvat ko’rsatish, muhtojlar holidan xabar olish xalqimizga xos ezgu fazilat hisoblanadi. Muqaddas dinimizda ham bu ezgu ish qo’llab-quvvatlanadi. Shu jihatdan yangi yil bayrami arafasida “Vaqf” jamoat fondi, mahalliy hokimliklar, sektorlar rahbarlari va saxovatli kishilar ushbu xayrli ishda faol ishtirok etib, xalqimizga quvonch ulashmoqda.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.