Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 43 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TADBIRKORLIK FAOLIYATI QONUN HIMOYASIDA

×

 2020-12-23 19:51:13    228

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida”gi 2012 yil 2 maydagi O’RQ-328-son qonuniga muvofiq, davlat organlari, boshqa tashkilotlar hamda ularning mansabdor shaxslari tadbirkorlik faoliyati sub'yektlarining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emas.

Agar davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tadbirkorlik faoliyati sub'yektlarining faoliyatida qonun hujjatlari buzilganligini aniqlasa, ular o’z vakolatlari doirasida va muayyan qoidabuzarlikni bartaraf etish bilan bevosita bog’liq chora-tadbirlarni ko’rishi mumkin. Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari qoidabuzarlik mavjudligi faktidan tadbirkorlik faoliyati sub'yektlarining o’zga qonuniy faoliyatiga aralashish yoki bunday faoliyatni cheklash uchun asos sifatida foydalanishi mumkin emas.

Davlat organlariga, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga va boshqa tashkilotlarga, shuningdek ularning mansabdor shaxslariga:

bitimlar tuzish, foydani taqsimlash, ijroiya organi rahbarini va uning a'zolarini saylash (tayinlash) masalalari bo’yicha hamda tadbirkorlik faoliyati sub'yektlarining boshqaruv organlari vakolatiga taalluqli bo’lgan boshqa masalalar bo’yicha qarorlar qabul qilish, tadbirkorlik faoliyati sub'yektlariga ko’rsatmalar va boshqa farmoyishlar berish, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno;

tadbirkorlik sub'yektlaridan hujjatlarga muhr bosishni talab qilish yoki hujjatlarni muhr bilan tasdiqlash to’g’risida talab qo’yish;

tadbirkorlik faoliyati sub'yektlarining o’z vakolatlari doirasida tadbirkorlik tavakkalchiligi sharoitlarida qabul qilingan, zarar ko’rilishiga olib kelgan qarorlar uchun ularning boshqaruv organlari a'zolariga nisbatan javobgarlik choralarini ko’rish taqiqlanadi.

Davlat organlarining, boshqa tashkilotlarning va ular mansabdor shaxslarining banklar faoliyatiga, shu jumladan banklarning filiallari rahbar xodimlarini tayinlashga aralashishi, bank mablag’lari hisobidan turli xil to’lovlar va badallar talab qilishi taqiqlanadi. Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarning banklar kredit portfeli va aktivlarini shakllantirish bilan bog’liq tadbirkorlik tavakkalchiliklarini boshqarish yuzasidan banklar faoliyatiga aralashishi taqiqlanadi.

Davlat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari dehqon va fermer xo’jaliklarining tadbirkorlik faoliyatiga, shu jumladan ushbu xo’jaliklarning agrotexnika usullarini, yetishtiriladigan mahsulot turini tanlashiga, bu mahsulotning bahosini hamda realizatsiya qilish yo’nalishini belgilashiga aralashishga haqli emas, davlat ehtiyojlari uchun mo’ljallangan xaridlar bundan mustasno.

Ziyodbek  HALIMJONOV,

Qoshtepa tumani adliya bolimi xodimi.