Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
YOSHLARNING BO’Sh VAQTI MAZMUNLI O’TMOQDA
2020-12-22 16:14:32 256
Qo’shtepa tumanida o’quvchi yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida karantin qoidalariga qat'iy amal qilgan holda uchrashuv va konsert dasturlari tashkil etilmoqda. Bugun tuman Madaniyat bo’limi hamda umumta'lim maktablari hamkorligida tashkil etilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbir 46-18-13-umumta'lim maktablarida bo’lib o’tdi.
Tadbir davomida tuman Madaniyat bo’limi va madaniyat markazlari xodimlari, to’garak rahbarlari X.Xoldorov, U.O’ktamov, M.Qosimov, M.Ortiqova, Z.Qosimov, A.Normatov, I.Shukurov, D.Raximov, D.Saidmurodov, D.Sotvoldiyev, S.Azimovlar ishtirokida umumta'lim maktablarida ijodiy uchrashuv, konsert hamda to’garak mashg’ulotlari tashkil etilib, 15-sonli BMSMda o’quvchilar o’rtasida teatrlashgan tomosha va ijodiy tanlov o’tkazildi.
Ushbu tadbirlarda maktab o’qituvchilari va iste'dodli o’quvchi yoshlar ishtirok etishib, ular tomonidan ham kuy, qo’shiq, raqslar ijro etildi.
Shuningdek, Oqtepa mahallasida joylashgan ma'daniy merosimiz hisoblangan Oqtepa tepaligiga uyushmagan yoshlar bilan sayohat uyushtirildi. Ushbu tadbir davomida Madaniyat markazlari xodimlari S.Azimov, Z.Qosimovlar yoshlarga tumanimizdagi mavjud madaniy meroslarimiz, diqqatga sazovor joylarimiz hamda Oqtepa tepaligi to’g’risida ma'lumot va tushunchalar berdilar.
15-sonli BMSMda o’quvchilari o’rtasida ijodiy tanlov o’tkazilib, teatrlashgan yangi yil tomoshasi ham namoyish etildi. Tadbir so’ngida tanlovda faol ishtirok etgan iste'dodli o’quvchi yoshlarga faxriy yorliqlar topshirildi.
18-umumta'lim maktabida bo’lib o’tgan tadbirda “Yosh suhandon” to’garagi a'zolari M.Meliboyeva, R.Maxkamovalar faol ishtirok etdilar. Tadbir davomida “Tas'viriy san'at” to’garagi ishtirokchilari X.Aminjonov va M.Orifjonovlarning rasmlar ko’rgazmasi ham namoyish etildi.
A.Ahmadjonov,
tuman madaniyat markazi to’garaklar faoliyaini tashkil etish mutaxassisi.