Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
FUQAROLAR QABULI: MUAMMO VA YECHIM
2020-12-22 14:12:00 178
Bugun Qo’shtepa tumani hokimi I.Novikov navbatdagi fuqarolar qabulini o’tkazdi. Ushbu qabul O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tumandagi Xalq qabulxonasida o’tkazildi.
Unda hokim o’rinbosarlari, tuman Xalq qabulxonasi mudiri R.Abdullayev hamda aloqador idora va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.
Qabulda hokim fuqarolar bilan yuzma-yuz suhbatlashib, murojaatlarini birma-bir tingladi. Ular qo’ygan muammolar bo’yicha hokim o’rinbosarlari va boshqa tegishli tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida zarur choralar ko’rildi.
Tuman hokimi 50 nafardan ziyod fuqaroning suv va elektr ta'minoti, uy-joy, moddiy yordam, bank, sog’liqni saqlash, bandlik, tadbirkorlik va boshqa masalalarga oid murojaatlarini diqqat bilan eshitib, ularni o’z o’rnida, qo’shimcha o’rganish talab etadigan muammolarni esa qisqa fursatda hal etish choralarini ko’rdi. Ayrim murojaatlarda ko’rsatilgan masalalarni hal etish yuzasidan tuman hokimi tomonidan tegishli mutasaddilarga aniq topshiriq va ko’rsatmalar berildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.