Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
XALQ BILAN MULOQOT
2020-12-18 08:54:04 188
Qo’shtepa tumanida deputatlar o’z okruglaridagi aholi bilan muntazam ravishda uchrashuv va muloqotlarni tashkil etib bormoqdalar.
Ana shunday xalq bilan muloqotlarning biri, Qo’shtepa tumanidan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga saylangan deputat Sh.Raximov ishtirokida bo’lib o’tmoqda.
Ushbu muloqot Eshonguzar mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi 49-umumta'lim maktabining majlislar zalida tashkil etildi.
Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Sh.Raximov, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Nabiyev, tuman Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limining mas'ullari, siyosiy partiyalar rahbarlari, deputatlar, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari, mahalla fuqarolar yig’ini xodimlari hamda mahalla vakillari ishtirok etishdi.
Muloqot chog’ida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Sh.Raximov ayni kunlarda mamlakatimizda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida amalga oshirlayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan yangi qonunlar va ularning mazmun-mohiyati haqida gapirib o’tdi.
Ochiq muloqotda fuqarolar tomonidan mahalla hududidagi mavjud muammolar muhokama qilindi. Aholi tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tegishli korxona, tashkilot va muassasalar hamda deputatlar tomonidan nazoratga olindi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.