Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“HOKIM BILAN YUZMA-YUZ”DAN SO’NG
2020-12-14 22:18:01 210
2020 yil 24 oktyabr kuni “Ruxsor FM” radiosida Qo’shtepa tumani hokimi I.Novikov ishtirokida “Hokim bilan yuzma-yuz” rukni ostida ochiq muloqot bo’lib o’tgan edi.
Albatta ushbu muloqot, tumandagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni o’z vaqtida bartaraf etish, aholi murojaatini sifatli hamda vaqtida o’rganish, ularning qonun doirasida yechimini topish, shuningdek, davlat hokimiyati idoralari faoliyatini ochiqligini ta'minlash maqsadida tashkil etildi.
Muloqot chog’ida tumanimiz fuqarolari o’zlarini qiziqtirgan savol va yashab turgan hududlardagi mavjud muammolar yuzasidan I.Novikovga video murojaat, ovozli xabar, yozma savollar hamda to’g’ridan to’g’ri murojaat etgan edilar.
“Ruxsor FM” radiosi orqali bo’lib o’tgan “Hokim bilan yuzma-yuz” ochiq muloqotidan so’ng, ushbu fuqarolar ishtirokida tuman hokimi I.Novikovning fuqarolar qabuli ham o’tkazildi. Xalq qabulxonasida o’tkazilgan ushbu qabulda tuman Xalq qabulxonasi mudiri R.Abdullayev, tuman hokimi o’rinbosarlari hamda tumandagi idora va tashkilot rahbarlari ishtirok etishib, ularning muammolarini batafsil o’rgandilar.
Bo’lib o’tgan ochiq muloqot va qabul chog’ida tumanimizda istiqomat qiluvchi 23 nafar fuqarolardan bank, bandlik, tadbirkorlik, elektr, suv, ko’chalarni va yo’laklarni asfaltlash, mobil aloqa va internet o’rnatish bilan bog’liq hamda shu kabi boshqa masalalarga oid 35 ta murojaatlar kelib tushdi.
Ushbu murojaatlar tumandagi tegishli mutasaddilar tomonidan qisqa fursat ichida o’rganilib, murojaatchilarga javoblar berildi. 35 ta murojaatning 8 tasi qanoatlantirildi. 27 ta murojaat esa huquqiy maslahat va tushunchalar bilan qoniqtirildi.
Murojaatlarning 8 tasi tadbirkorlik uchun bankdan kredit olish bilan bog’liq edi. Bu murojaatlar Aksiyadorlik tijorat Xalq banki va “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki Qo’shtepa tumani filiali mutasaddilari tomonidan o’rganilib, ularning 5 tasi ijobiy hal etildi.
Xususan, Qo’rg’oncha mahalla fuqarolar yig’ini, Obodlik ko’chasi, 245-uyda yashovchi Sanjarbek Mirzaraximov, Yangiariq mahalla fuqarolar yig’ini, Yangibo’ston ko’chasi, 110-uyda yashovchi Abdulloxon Mamatov, Dehqonbod mahalla fuqarolar yig’ini, Sixatgoh ko’chasi, 121-uyda yashovchi Feruza Egamberdiyevalarning tadbirkorlik faoliyatlari uchun Aksiyadorlik tijorat Xalq banki Qo’shtepa tumani filiali tomonidan kreditlar ajratildi.
Quvurboshi mahalla fuqarolar yig’ini, Sarmozor ko’chasida yashovchi Madolimbek G’aniyev va Sarmozor mahalla fuqarolar yig’ini, Guliston ko’chasi 262-uyda yashovchi Muslimaxon Mirzaolimovalarga esa “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki Qo’shtepa tumani filiali tomonidan kredit mablag’lari ajratildi.
Bundan tashqari, Langar mahalla fuqarolar yig’ini, Bog’ishamol ko’chsida yashovchi Nodiraxon Raxmonovaning murojaati ham qanoatlantirilib, u tuman Aholi bandligiga ko’maklashish markazi tomonidan 20-MTTga yo’llanma asosida ishga yuborildi.
Sohibkor mahalla fuqarolar yig’ini, Archazor ko’chasida yashovchi Avazxon Tojiboyevning elektr ta'minoti bilan bog’liq murojaati ham qanoatlantirildi. Fuqaroning yashash hududidagi transformator zo’riqish bilan ishlayotganligi sababli 2020 yil manzilli dasturga asosan TP-502 ga qo’shimcha 160 kVA quvvatdagi KTPM rusumli transformator punkti o’rnatilib, 1,0 km uzunlikda SIP kabel tarmog’i tortildi. TP-502 ni yuklamasi 50% ga kamaytirildi.
Yangido’kon mahalla fuqarolar yig’ini, Sardoba ko’chasi, 586-uyda yashovchi Farxodjon Mamayunusovning murojaati ham qanoatlantirildi. Uning murojaatida tilga olingan yog’och tayanch soz xolatga keltirildi.
Qoraqushchi mahalla fuqarolar yig’ini, Yangiobod ko’chasi, 85-uyda yashovchi Kamoliddin Dadaboyev, Sarmozor mahalla fuqarolar yig’ini, Poytaxt ko’chasida yashovchi Lazokat Xudoyorovalar ishga joylashish masalasida murojaat qilgan edilar. Ularning murojaatlari tuman Aholi bandligiga ko’maklashish markazining mutasaddilari tomonidan o’rganildi. Murojaatchilar tumandagi bo’sh ish o’rinlari bilan tanishtirilib, ishga taklif etildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.