Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
MATBUOT ANJUMANI BO’LIB O’TDI
2020-12-10 17:35:44 222
Xabaringiz bor, bugun Xalq deputatlari Qo’shtepa tumani Kengashining navbatdagi 28-sessiyasi bo’lib o’tdi.
Sessiya kun tartibiga “Qo’shtepa tumani hokimi Novikov Ilyos Valeriyevichning “Xalqqa murojaati” hamda “Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni reyting baholash natijalari hamda bu borada aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo’yicha tumanda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tuman hokimining hisoboti to’g’risida”gi masalalar kiritildi.
Sessiyadan so’ng, Qo’shtepa tumani hokimligida matbuot anjumani tashkil etildi.
Unda sektor rahbarlari, tuman hokimining o’rinbosarlari va tashkilotlar, korxonalar va idoralar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar ishtirok etdilar.
Anjumanda viloyat AOKB boshlig’i Omonzoda, ustoz jurnalist, “Oydin” gazetasi muharriri X.Karimova, “Sevimli” telekanali muxbiri A.Ziyodov, Farg’ona viloyat televideniyesi muxbiri T.Shukurov, “Istiqbol yo’li” gazetasi muharriri U. Xudoyberganova, gazeta foto muxbiri B.Ro’zioxunov, “Quvonch” gazetasi muxbiri X.Otillayev, blogerlar Sh. Madraximova va O.Xaydarovlar qatnashdilar.
Matbuot anjumani davomida ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar tuman hokimi I.Novikovga o’zlarini qiziqtirgan savollar va takliflar bilan murojaat etib, tegishlicha javob oldilar.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.