Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 130 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MA'NAVIY-MA'RIFIY TADBIR O’TKAZILDI

×

 2020-12-09 16:23:09    149

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Qo’shtepa tumanida “2020-2021 yillar davomida yoshlar bilan ishlashni yangicha tizimini joriy etish” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo’lib o’tdi.

Ushbu tadbir tuman hokimligi, ichki ishlar bo’limi, mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi, tuman jismoniy tarbiya va sport bo’limi, Milliy gvardiya, “Vatanparvar” tashkiloti, O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi tuman kengashi, tuman ma'naviyat bo’limi hamda hamkor tashkilotlar tashabbusi bilan yoshlar, korxona va tashkilot xodimlari ishtirokida o’tkazildi.

Shuningdek, tadbirda O’zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi raisi R.Mamajonova ham ishtirok etdi.

Shodlik mahallasi hududida bo’lib o’tgan tadbirni tuman hokimi I.Novikov ochib berdi.

Tadbirda dastlab yoshlarda vatanparvarlik tuyg’usini shakllantirishga qaratilgan “Vatanparvar” ko’rgazmasi tashkil etildi.

Sharqiy xarbiy okrug xarbiy xizmatchilari va xarbiy orkestrining chiqishlari, ular tomonidan tashkillangan xarbiy texnikalar va qurollar ko’rgazmasi tadbir qatnashchilarida katta taassurot qoldirdi. 

"Sog’lom hayot sari 5 ming qadam"  shiori ostida o’tkazilgan ommaviy yurish marafoni Shodlik mahalla fuqarolar yig’ini hududida o’tkazilib, ushbu marafonda yoshu keksalar faol ishtirok etdilar.

Hududdagi ishsiz yoshlar bandligini ta'minlash maqsadida 20-umumiy o’rta ta'lim maktabida “Maxsus mehnat yarmarkasi” tashkil etilib, yoshlarni tadbirkorlikka yo’naltirishga qaratilgan “Bank va yoshlar” uchrashuvi ham bo’lib o’tdi. Unda sektor rahbarlari, tuman Aholi bandligiga ko’maklashish markazi xodimlari, Aksiyadorlik tijorat Xalq banki va “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki Qo’shtepa tumani filiali rahbarlari hamda yoshlar ishtirok etdilar. Yoshlar tadbirkorlik uchun kredit olish va bandlik masalasida murojaat qilishib, o’zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar.

15-sonli musiqa va san'at maktabida o’tkazilgan tadbirda tuman hokimi I.Novikov so’z olib, joylarda bunday ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni davom ettirish orqali yoshlarimizni ma'naviyatini yuksaltirib borishga chaqirdi.

Shuningdek, Yoshlar teatr studiyasi tadbir ishtirokchilariga o’zlarining sahna chiqishlarini namoyish etdilar. Bundan tashqari 15-sonli musiqa va san'at maktabi va tuman madaniyat xodimlari tomonidan kuy-qo’shiqlar ijro etildi. Shoira, “G’uncha” to’garagi a'zosi Faridaxon Yunusova o’zining she'rlaridan o’qib eshittirdi.

Bugungi tadbir nihoyasida yoshlarni bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida mahalladagi uyushmagan yoshlar o’rtasida o’zaro futbol sport musobaqasi ham o’tkazildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.