Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA
2020-12-04 19:49:21 182
Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikovning aholi bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqot o’tkazish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash hamda hal etish maqsadida, Nurafshon mahalla fuqarolar yig’inida navbatdagi sayyor qabuli o’tkazildi. Qabulda 11 nafar fuqarolar ishtirok etishdi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan muammolarni ijobiy hal etish yuzasidan muddatlar belgilangan holda tegishli tashkilot va korxona rahbarlariga topshiriqlar berildi.
Shuningdek, tuman halq ta'limi bo’limiga qarashli 12-umumta'lim maktabida “Hokim va yoshlar” uchrashuvi o’tkazildi. Uchrashuvda tumandagi tashkilot va korxona rahbarlari hamda hududdagi yoshlar qatnashdi. O’tkazilgan uchrashuvda yoshlar tomonidan berilgan savollarga tegishli tartibda mas'ullar tomonidan javoblar berildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.