Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
DAVLAT GRANTLARI AJRATISH UCHUN 5 TANLOV E'LON QILINDI
2020-12-01 08:59:19 670
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi
“Millatlararo totuvlik va barqarorlikni ta'minlashda ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish”
mavzuida Davlat grantlari ajratish uchun 5-tanlovni
E'LON QILADI
Tanlovga nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatini boshqa institutlarining quyidagi maqsadlarni nazarda tutgan ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalari qabul qilinadi:
1. Fuqarolik, millatlararo va tinchlik hamda totuvlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan festevallar, forumlar, tanlovlar, uchrashuvlar va boshqa tadbirlarni tashkil etish va o’tkazish;
2. O’zbekistonning xalqaro nufuzini mustahkamlashda, mamlakatda olib borilayotgan islohotlar to’g’risida jahon hamjamiyatiga xolis axborot yetkazishda milliy madaniy markazlar va do’stlik jamiyatlarining roli va ahamiyatini yuksaltirish;
3. Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do’stlik aloqalarini yanada rivojlantirish sohasida davlat organlari va tashkilotlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan o’zaro hamkorlik darajasini yanada oshirish;
4. Millatlararo muomala madaniyatini tarbiyalash, O’zbekiston xalqining tarixi va an'analarini o’rganish bo’yicha ta'lim, axborot va madaniy-ma'rifiy chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;
5. Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do’stlik aloqalarini yanada rivojlantirish sohasida davlat organlari va tashkilotlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan, shu jumladan ommaviy axborot vositalari bilan o’zaro hamkorligi mexanizmlarini takomillashtirish;
6. Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do’stlik aloqalarini yanada rivojlantirish, respublikamizda yashab turgan turli millat va elat vakillarining tili, madaniyati, an'analari va urf-odatlarini saqlash va rivojlantirish;
7. Jamiyatda ko’p millatli katta oila his-tuyg’usini kuchaytirish, respublikamizda yashayotgan turli millat va elat vakillari o’rtasida do’stlik va totuvlikni yanada mustahkamlash, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash;
8. Millatlararo munosabatlarni mustahkamlash, mamlakat hududida va undan tashqarida fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish
9. Xalqaro hamkorlikni va chet mamlakatlar bilan do’stona aloqalarni rivojlantirish, O’zbekistonning jahon maydonidagi obro’-e'tibori va imijini oshirish;
10. Mamlakatimizda yashovchi turli millat va elatlar vakillarining o’ziga xos milliy an'analari, urf-odatlari va rasm-rusumlarini asrab-avaylash va rivojlantirishga ko’maklashish;
11. Millatlararo munosabatlarni uyg’unlashtirish, jamiyatda do’stlik, o’zaro hamjihatlik, jipslik, insonparvarlik va bag’rikenglik madaniyatini mustahkamlash;
12. Dustlik va ko’p millatli yagona oila tuyg’usi muhitini mustahkamlash, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash;
13. O’zbekiston Respublikasining asosiy xalqaro reytinglardagi o’rnini oshirishga to’sqinlik qilayotgan muammolarni tizimli tahlil qilishga, ularni bartaraf etish bo’yicha takliflar ishlab chiqishga, mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlarning natijalari haqidagi ma'lumotlarni xalqaro reytinglarni tuzuvchilarga yetkazishda ko’maklashish.
Davlat granti ajratish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
1. Tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati;
2. www.fundngo.uz veb-saytida joylashtirilgan shaklda to’ldirilgan davlat granti loyihasi uchun ariza;
3. Oxirgi o’zgartish va qo’shimchalar bilan davlat ro’yxatidan o’tgan NNTlar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining Ustavi (Nizomi) nusxasi;
4. Tashkilotning davlat ro’yxatidan o’tganligi to’g’risidagi guvohnoma nusxasi;
5. Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda litsenziyaning nusxasi;
6. Manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlarining tavsiya hamda qo’llab-quvvatlash xatlari.
Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori - 40 million so’mgacha.
Hujjatlar 2020 yil 24 noyabrdan 25 dekabrgacha qabul qilinadi.
Hujjatlar O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo’llab-quvvatlash jamoat fondi nomiga “O’zbekiston pochtasi” orqali yuboriladigan muhrlangan konvertlarda (A4 formatda) quyidagi manzil bo’yicha qabul qilinadi: 100035, Toshkent shahri, Bunyodkor ko’chasi, 1-uy.
Hujjatlarni taqdim etish shartlari va namunalari bilan Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining www.fundngo.uz rasmiy veb-saytida tanishish mumkin.
Ma'lumot uchun telefonlar: (0-371) 239-26-76, 239-26-86.