Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
YOSHLARNI HARBIY-VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASH - MUHIM MASALA
2020-11-22 17:27:01 573
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 fevral kungi “Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi 140-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, tuman hokimligi, tuman mudofa bo’limi, Sharqiy harbiy okrugi hamda 48982-sonli harbiy qism harbiy qo’mondonligi hamkorligida tuman Madaniyat markazida yoshlarni milliy g’oya va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanini chuqur singdirish, qadimiy tariximiz va madaniyatimiz, jonajon Vatanimizning mustaqilligi va ravnaqi yo’lida fidokorona kurashgan milliy qahramonlarimiz bilan faxrlanish, ularga munosib bo’lish tuyg’usini shakllantirish, milliy armiyamizning qudrati va salohiyatiga bo’lgan ishonchini kuchaytirish maqsadida madaniy tadbir o’tkazildi.
Mazkur tadbirda tuman hokimi I.Novikov “Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash” mavzusidagi ma'ruzasi bilan ishtirok etdi.
Tadbir davomida o’zining harbiy orkestri, qurol aslahalari va transport vositalari bilan munosib qatnashganligi uchun 48982-sonli harbiy qism harbiy qo’mondonligiga tuman hokimligining tashakkurnomasini topshirildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.