Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
RASMIY MUNOSABAT
2020-11-21 11:33:08 213
Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yil 19 noyabr kuni “Qo’shtepa tumani Paxtakor MFYda yana chiroq o’cha boshladi. Internet va telefon antennalari ham ishlamay qolyati. Elektr korxonasi rahbarlari eski davrni qo’msab qolgan ko’rinadi” sarlavhasi ostida chop etilgan maqola yuzasidan Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati quyidagilarni ma'lum qiladi.
Qo’shtepa tumanidagi Paxtakor, Loyson, Garimdon, Shaxartepa, Shomirza, Dehqonobod, Yangiariq, Solijonobod, Langar, Shodlik, Qorakaltak mahalla fuqarolar yig’inlari hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi L.Ochisnaya 110 kV uzatmasi UON (yuklamani avtomatik cheklash qurilmasi) tizimiga ulangan bo’lib, uzatmada yuklama belgilangan me'yordan ortishi bilan avtomatik tarzda sistemadan o’chadi. Havo haroratining keskin sovushi natijasida elektr energiyasiga bo’lgan ehtiyoj bir necha barobar ortib ketmokda. Iste'molchilar elektr energiyasidan isitish maqsadlarida foydalanayotganliklari tufayli uzatmalarda yuklama miqdori ortib, natijada yuklamani avtomatik cheklash qurilmasi ishlashiga va elektr ta'minotida uzilishlarga olib kelmoqda.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.