Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA
2020-11-16 17:29:28 244
Tuman hokimi I.Novikov 1-sektor hududidagi 35-umumta'lim maktabida Namuna mahalla fuqarolar yig’ini aholisi ishtirokidagi “Yangi O’zbekiston yangicha dunyo qarash” shiori ostida o’tkazilgan targ’ibot tadbirida ishtirok etib, Davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan odilona siyosat hamda yurtimizda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari yuzasidan keng jamoatchilikka ma'ruza qildi. Shuningdek, tadbir davomida maktabning yosh sportchilari, kikboksing turi bo’yicha o’tkazilgan musobaqalarda viloyatimizda faxrli 1-2-3-o’rinni egallagan M.Rajabov, I.Olimov, M.Ibroximov, shaxmat bo’yicha viloyatda o’tkazilgan musobaqada faxrli 3-o’rinni egallagan A.Soyipov, ingliz tili bo’yicha IELTS sertifikati olgan G.Yoqubovalarga tuman hokimi tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg’alari topshirildi.
Tuman hokimi 1-sektor shtabida bo’lib, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga ro’yxatga olish yuzasidan sektor hududida olib borilayotgan xatlov jarayonlarini o’rganib, ushbu jarayonni belgilangan muddatda yakunlash yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berdi.
Aholini arzon va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash maqsadida tuman “Dehqon bozori” MCHJ hamda Qumtepa, Yangi do’kon va Yo’ldoshobod mahalla fuqarolar yig’inlarida kichik “Eko bozor”lar tashkil etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishgan tuman hokimi tomonidan belgilangan muddatda “Eko bozor”lar tashkil etish bo’yicha mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, 1-sektor shtabi “Temir daftari”ga kiritilgan oilalarga moddiy yordam ko’rsatish maqsadida “Sahovat va ko’mak” umumxalq xarakati tuman bo’limidagi oziq-ovqat mahsulotlari zahirasi o’rganildi va haftaning chorashanba va payshanba kunlari “temir daftar”ga kiritilgan oilalarga yetkazib berish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Qolaversa, fermer xo’jaliklari rahbarlari bilan joylarda yig’ilishlar o’tkazilib, 2021 yil hosili uchun boshoqli don ekilgan maydonlarda olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarni tizimli tashkil etish, paxta topshirish rejasini bajarmagan fermer xo’jaliklari tomonidan qisqa muddatlarda belgilangan rejani bajarish hamda kuzgi shudgorlash ishlarini sifatli amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Tuman hokimi “Texmashservis” mas'uliyati cheklangan jamiyatida ham bo’lib, qishloq xo’jaligi texnikalarini ta'mirlash ishlarini amalga oshirish uchun texnikalarni yig’ish hamda ta'mirlash ishlarini tizimli tashkil etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berdi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.