Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 79 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN HOKIMINING O’RINBOSARI - TUMAN INVESTITSIYALAR VA TASHQI SAVDO BO’LIMI BOSHLIG’I TAYINLANDI

×

 2020-11-16 17:08:25    243

PDF yuklash
Chop etish


2020 yil 16 noyabr kunidan Akbarov Oybek Maxmudovich Qo’shtepa tumani hokimining o’rinbosari – tuman investitsiyalar va tashqi savdo bo’limi boshlig’i lavozimiga  tayinlandi. 

Oybek Akbarov 1973 yili Qirg’iziston Respublikasida tug’ilgan. Toshkent davlat universitetini hamda O’zbekiston Respublikasi bank-moliya akademiyasini bitirgan.

Mehnat faoliyatini 1995 yili “O’ztadbirkorbank” Farg’ona viloyat boshqarmasida 1-toifali mutaxassis lavozimida boshlagan. Mehnat faoliyati davomida “O’ztadbirkorbank” Farg’ona viloyat boshqarmasi Informatika bo’limi boshlig’i, “O’ztadbirkorbank” Quvasoy filiali boshqaruvchisi, “Turon bank” Farg’ona viloyat filiali boshqaruvchi o’rinbosari, “Turon bank” Farg’ona viloyat filiali kreditlash va iqtisodiy tahlil bo’limi boshlig’i, “KVARTS” AJ chet ellik mijozlar bilan ishlash va eksport bo’limi boshlig’i, “FREEDOM FINANCE” MCHJ Farg’ona filiali direktori, Farg’ona tumani Investitsiyalar va tashqi savdo bo’limi boshlig’i o’rinbosari, Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasining Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo’limi boshlig’i, 2020 yildan mazkur  vazifaga  tayinlangunga qadar Farg’ona viloyati Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi Qishloq xo’jaligi bo’yicha investitsiya loyihalarini shakllantirish va amalga oshirilishini monitoringi bo’limi boshlig’i bo’lgan. Oilali, turmush  o’rtog’i - Farg’ona sanoat kasb-hunar kolleji o’qituvchisi, ikki nafar farzandi bor.