Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 40 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

IJTIMOIY TARMOQLARDA TARQATILGAN XABARGA MUNOSABAT

×

 2020-11-14 14:32:49    198

PDF yuklash
Chop etish


Joriy yilning 5 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali Qo’shtepa tumani Nurafshon mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi bir guruh fuqarolarning tanqidiy murojaatlari “#Tezkor” sarlavhasi ostida tarqatildi. Ushbu video tasvirga shunday izoh berilgan: “Farg'ona viloyati Qo'shtepa tumani NURAFSHON MFYda bo'lib o'tgan majlisda aholining oqva gaz umuman yo'qligidan norozilik xolatlari.

Bizda ham bo'ladimi o'zi dep janjal qilishmoqda...!”

Qo’shtepa tumani Nurafshon mahalla fuqarolar yig’inidagi aholining tabiiy gaz ta'minoti bilan bog’liq murojaatlari yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz.

2020 yil 6 noyabr kuni Qo’shtepa tuman hokimi I.Novikov raisligida Xalq qabulxonasi tuman bo’limi mudiri R.Abdullayev va tashkilot rahbarlari ishtirokida ushbu muammo yuzasidan Nurafshon mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi aholi bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuv chog’ida Qo’shtepa tumangaz bo’limi boshlig’i, 2015 yilgacha Nurafshon mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi aholi xonadonlari Marg’ilon shahargaz bo’limi tomonidan tabiiy gaz bilan ta'minlab kelinganligi va keyinchalik tabiiy gaz ta'minotida tanqislik yuzaga kelganligi hisobiga tabiiy gaz ta'minoti qoniqarsiz hudud deb topilganligini ta'kidladi. Shuningdek, tuman hokimining qaroriga asosan mahallada yig’ilish bayonlari qilinib, ogohlantirish xati berilib, tabiiy gaz ta'minoti to’xtatilgani va tabiiy gaz resursi chegaralanganligi va hozirgi kunda Nurafshon MFY hududidagi 640 dan ziyod aholi xonadonlari Marg’ilon shahargaz bo’limi tomonidan belgilangan jadval asosida suyultirilgan gaz bilan bir maromda ta'minlab kelinayotganligini yana bir bor aholiga yetkazdi.

Yana shuni alohida ta'kidlab o’tish kerakki, joriy yil 4-7 noyabr kunlari navbatdagi jadvalga asosan Nurafshon MFY da yashovchi aholi xonadonlariga suyultirilgan gaz yetkazib berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.