Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 35 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO’SHTEPADA "YANGI O’ZBEKISTON - YANGICHA DUNYOQARASH" TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

×

 2020-11-13 17:26:47    194

PDF yuklash
Chop etish


“Yangi O’zbekiston - yangicha dunyoqarash” mavzusida mahallalar aholisi va yoshlar uchun tashkil etilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar Qo’shtepa tumanida davom etmoqda. Ushbu tadbir bugun Shodlik mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi 15-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida, Shakar mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi 21-maktabgacha ta'lim muassasasida, Quvurboshi mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi “Omad” to’yxonasida, G’ishtmon  mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi 14-maktabning  majlislar zalida bo’lib o’tdi.

Ushbu tadbirlarda tuman hokimi I.Novikov, tuman prkurori M.Shomurodov, tuman IIB boshlig’i S.Abdullayevlar ishtirok etdilar.

Shuningdek, tuman hokimi o’rinbosarlari A.Yusupov, B.Mo’minova, Madaniyat bo’limi mudiri A.Yuldashev, Farg’ona politexnika instituti tarix kafedrasi katta o’qituvchisi G’.Abduraxmonov, O’zbek tillari kafedrasi katta o’qituvchisi F.Tursunova, Professor o’qituvchilardan A.Mirzayev, I.Raxmonov, U.Tojiboyev,  A.Akbarovlar ham ishtirok etdilar.

Tadbir davomida xonandalar Sh.Mavlyanov, M.Qosimov, Sh.Tojiboyev, S.Azimov, R.Uzaqov, K.Fozilov, D.Saidmurodov, I.Madraximov, G.Yusupova, “Tarona” hamda “Zarb” doirachilar guruhi a'zolari, yosh askiyachi O.Rashidov, 15-sonli bolalar musiqa va san'at maktabi va 14-maktabning iste'dodli o’quvchilari tomonidan ijro etilgan qo’shiqlar va raqslar tadbir ishtirokchilariga ko’tarinki kayfiyat ulashdi.

Bundan tashqari 5 tashabbus doirasida tashkil etilgan musiqa to’garagi a'zolarining chiqishi hamda 21-maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchilari tomonidan tayyorlangan she'r va raqslar yig’ilgan ishtirokchilarga birdek manzur bo’ldi. Targ’ibot tadbiri davomida bolajonlar o’rtasida sport musobaqalari bo’lib o’tdi va hunarmandlar, tadbirkorlar tomonidan yarmakalar tashkil etildi.

N.Otabekov,

Ma'naviyat va marifat markazi tuman kengashi rahbari.