Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TADBIRKORLARNING MUAMMOLARI TINGLANDI
2020-11-05 21:35:18 246
Qo’shtepa tumani hokimi I.Novikov tadbirkorlar bilan ochiq va to’g’ridan-to’g’ri muloqotni yo’lga qo’yish, ularning qonuniy talablarini amaliy va samarali ro’yobga chiqarish, muammoli masalalarini hal etish maqsadida “Tadbirkorlar qabuli”ni o’tkazib kelmoqda.
Shunday qabullardan biri bugun “Tadbirkorlar uyi”da bo’lib o’tdi. Ushbu qabul tadbirkorlarni o’ylantirayotgan muammolarni hal qilish hamda yangi istiqbolli g’oya va takliflarini qo’llab-quvvatlashdagi muhim omillardan biri bo’ldi.
Qabulda 13 nafardan ziyod tadbirkor o’zini qiynayotgan masalalar yuzasidan tuman hokimiga murojaat qildilar.
Muloqotlar davomida tijorat banklaridan kredit olish, o’z faoliyatini kengaytirish maqsadida qo’shimcha yer ajratish va boshqa bir qator masalalarda muammolar borligi aniqlandi.
Ushbu murojaatlar bo’yicha soha mutasaddilariga aniq vazifalar yuklatildi va barcha murojaatlarning ijrosi tuman hokimligi tomonidan nazoratga olindi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.