Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO’SHTEPA TUMANI HOKIMI 1-SEKTOR HUDUDIDAGI EHTIYOJMAND OILALARNING HOLIDAN XABAR OLDI
2020-11-04 21:01:44 235
Tuman hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov 1-sektor shtabi “Temir daftari”ga kiritilgan ehtiyojmand va ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor xonadonlarda bo’lib, ularning holidan xabar oldi.
Xonadon sohiblari bilan suhbatlashib, ularning mavjud muammolarini ham o’rgandi. Ushbu muammolarning yechimi yuzasidan tegishli mutasaddilarga topshiriq va ko’rsatmalar berildi.
Shuningdek, tuman hokimining tashabbusi bilan xomiylar tomonidan tashkil etilgan oziq-ovqat mahsulotlari 11 ta oilaga yetkazib berildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.