Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TUMAN HOKIMINING NAVBATDAGI QABULI O’TKAZILDI
2020-11-03 19:14:02 220
Bugun Qo’shtepa tumani hokimi I.Novikovning O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tumandagi Xalq qabulxonasida fuqarolar qabuli o’tkazildi. Tuman hokimi tomonidan fuqarolarning murojaatlari birma-bir tinglandi.
Ochiq va samimiy muloqot tarzida kechgan qabulda uy-joy, moddiy yordam, bank, bandlik, tadbirkorlik, kadastr, ichimlik suvi va elektr ta'minoti, yo’llarni asfaltlash bilan bog’liq va shu kabi boshqa masalalarga oid 60 dan ziyod murojaatlar ko’rib chiqildi.
Barcha murojaatlar tegishli tartibda ro’yxatga olinib, ayrim murojaatchilarga huquqiy maslahat va tushunchalar berildi. Muddat talab etiluvchi murojaatlar esa hal etish uchun tegishli mutasaddilarga biriktirilib, nazoratga olindi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.