Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 36 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MATBUOT ANJUMANI

×

 2020-11-03 19:09:42    208

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Qo’shtepa tumanining majlislar zalida ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda blogerlar uchun matbuot anjumani o’tkazildi.

Farg’ona viloyati hokimining birinchi o’rinbosari M.Ubaydullayev tomonidan tasdiqlangan “Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholashning reyting ko’rsatkichlariga ko’ra faoliyati qoniqarsiz baholangan viloyatimizning 3 ta tumani sektor rahbarlari bilan joriy yilning IV choragi davomida o’tkaziladigan matbuot anjumani reja-jadvali”ga asosan o’tkazilgan matbuot anjumanini tuman hokimi I.Novikov olib bordi.

Matbuot anjumanida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi huzuridagi Axborot ommaviy kommunikatsiyalar Agentligi viloyat boshqarmasi mutasaddilari, “Istiqbol yo’li” gazetasi ijodkorlari, “O’zbekiston-24” teleradiokompaniyasining viloyatdagi muxbiri Ilhomjon Eshmatov, viloyat televideniyesi katta muharriri Tohirjon Shukurov, bloger Usmonjon Qodirov, O’zbekiston Axborot agentligi fotomuxbiri Muqimjon Qodirov, “Ruxsor” telekanali muxbiri Gulchehra Mamajonova, “Kun.uz” internet nashrining viloyat muxbiri Fayzullo Sultonov, “Daryo.uz” internet nashrining viloyat muxbiri Azizbek Ermatovlar qatnashdilar.

Tuman hokimi I.Novikov  Qo’shtepa tumanini “qizil” hududga tushib qolish sabablari hamda mavjud ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish holatini yaxshilash yuzasidan belgilangan chora-tadbirlari dasturining oktyabr oyida amalga oshirilishi yuzasidan hisobot berdi.

- Xabarlaringiz bor, Muhtaram Yurtboshimiz rahbarligida joriy yil 24 sentyabr kuni bo’lib o’tgan videoselektor yig’ilishida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholashning reyting ko’rsatkichlari natijasiga ko’ra 2019 yil yakunlariga ko’ra “qoniqarsiz” deb topilgan 33 ta tuman qatorida tumanimiz ham qayd etilgan, - deydi tuman hokimi I.Novikov. - Buning sababini har bir yo’nalish kesimida tahlil qilganimizda quyidagi yo’nalishlar bo’yicha past ko’rsatkichlar qayd etilganligini ko’rishimiz mumkin.

Xususan, Iqtisodiy rivojlanish va samaradorlik ko’rsatkichlari bo’yicha hududiy sanoat mahsulotlari hajmi 2019 yilda 233.6 mlrd.so’mni tashkil qilib, aholi jon boshiga 1,2 mln so’mga to’g’ri kelgan bo’lsa, bu ko’rsatkich viloyat sanoatidagi ulushi 1,2 foizni tashkil etgan. - I.Novikov o’z hisobotida tumanni “qizil” hudud toifasidan olib chiqish uchun amalga oshirilayotgan ishlarga batafsil to’xtalib o’tdi.

- Yuqorida qayd etib o’tilgan ishlarni sektor rahbarlari bilan birgalikda amalga oshirib, 2020 yilning yakuni bilan tumanni qizil hudud toifasidan chiqarilishiga Sizlarni ishontirib, 2021 yilda hududimizni rivojlangan hududlar qatoriga o’tishiga va'da beraman - deya ta'kidladi tuman hokimi I.Novikov.


Tuman hokimi I.Novikovning hisobotidan so’ng I.Eshmatov (“O’zbekiston-24”), T.Shukurov (“Farg’ona”TV), F.Sultonov (“Kun.uz”)lar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.