Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO’SHTEPA TUMANI: 1-SEKTOR XABARLARI QISQA SATRLARDA
2020-10-29 16:55:33 299
Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.V.Novikov bugun sektor hududidagi Qiyqi, Karnaychi, Soy bo’yi hamda Sohibkor mahalla fuqarolar yig’inlarida bo’lib, 1-sektor shtabi “Temir daftari”ga kiritilgan oilalarning pandemiya davridagi yashash tarzi bilan yaqindan tanishdi.
Ularni ehtiyojmandlar ro’yxatidan chiqarish, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga ro’yxatga olish yuzasidan mahalla fuqarolar yig’inlarida olib borilayotgan xatlov jarayonlari ham o’rganilib, mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, tuman hokimi xalq ta'limi bo’limi tasarrufidagi 47, 49, 50-umumta'lim maktablarida pandemiya davrida tashkil etilgan o’quv jarayonlari va kuz-qish mavsumiga ko’rilgan tayyorgarlik bilan ham tanishdi.
Tuman Maktabgacha ta'lim bo’limiga qarashli 4 va 26-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida ham kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayoni o’rganildi.
Bundan tashqari, sektor rahbari 2020 yil “Investitsiya” dasturi asosida 37-umumta'lim maktabida olib borilgan qurilish va ta'mirlash ishlari bilan tanishib, o’quv xonalarini jihozlash yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriqlar berdi.
Tuman hokimi “Inqirozga qarshi kurashish” jamg’armasi hisobidan yangi qurilayotgan 5-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti filiali va 2020 yil “Investitsiya” dasturi asosida 33-sonli hamda 42-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti filiallarida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan ham tanishdi. Ushbu ishlarni qisqa muddatlarda yakunlab, foydalanishga topshirish yuzasidan o’zining tegishli ko’rsatmalarini berdi.
Qishloq xo’jaligi texnikalarini kuzgi shudgorlash mavsumga tayyorlash bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishgan tuman hokimi tomonidan shudgorlash ishlarini uyushqoqlik bilan o’tkazish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishlicha topshiriqlar berildi.
Tumanda faoliyat ko’rsatib kelayotgan fermer xo’jaliklari rahbarlari bilan joylarda yig’ilish o’tkazgan tuman hokimi, 2021 yil hosili uchun rejalashtirilgan boshoqli don ekish ishlarini jadallashtirish hamda paxta xom ashyosi topshirish rejasini tez kunlarda bajarish yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.