Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
YANGILIKLAR: DAVRA SUHBATI O’TKAZILDI
2020-10-29 14:30:24 218
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 sentyabrdagi PF-6061-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan tuman Yer resurslari va davlat kadastrida davra suhbati o’tkazildi.
Tadbirda O'zLiDeP tuman Kengashining mas'ullari, tuman Kengashi deputatlari hamda partiya faollari ishtirok etdilar.
Davra suhbatini xalq deputatlari Qo’shtepa tuman Kengashi O'zLiDeP deputatlik guruhi apparat rahbari D.Yusupov olib borib, ushbu Farmonning mazmun-mohiyatiga to’xtalib o’tdi.
D.Yusupov o’z so’zida kadastr va yer hisobini yuritish sohasidagi eskirgan qonun hujjatlarini yangilash yuzasidan berilgan topshiriqlardan kelib chiqqan xolda, “Yer kodeksi”ni takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqish kerakligini ta'kidladi.
Tadbir davomida tuman “Yermulkkadastr” davlat korxonasi tuman filiali rahbari U.Abdullaxojiyev ham so’z olib, o’zining takliflarini bildirdi.
Davra suhbatida tuman Kengashi deputatlari ham farmon yuzasidan o’zlarining takliflarini berdilar.
Sh.Tojimatova,
Хalq deputatlari Qo’shtepa tuman Kengashidagi
O'zLiDeP deputatlik guruhining ijrochi kotibi.