Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
KICHIK SANOAT ZONASI FAOLIYATI O’RGANILDI
2020-10-28 16:28:53 229
Keyingi paytda kichik sanoat zonalari faoliyatini yo’lga qo’yishga e'tibor kuchayib bormoqda. Eng muhimi, kichik sanoat zonalari joylardagi bo’sh turgan yoki foydalanilmayotgan bino-inshootlar negizida davlat va xususiy sektor o’rtasidagi sheriklik asosida barpo etilishi, iqtisodiyotning raqobatbardoshligini ta'minlash, eksport salohiyatini oshirish, yangi ish o’rinlarini yaratishda qo’l kelmoqda.
Qo’shtepa tumanida ham kichik sanoat zonalari tashkil etilgan bo’lib, hozirda ular o’z faoliyatlarini boshlab yubordilar. Huddi shunday zonalardan biri 3-sektor hududidagi “Shomirza” mahalla fuqarolar yig’inida tashkil etilmoqda.
Bugun tuman hokimi I.Novikov va tuman IIB boshlig’i, 2-sektor rahbari S.Abdullayevlar ushbu kichik sanoat zonasida bo’lib, u yerda amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdilar. Shuningdek, loyiha tashabbuskorlari bilan suhbatlashdilar.
Sektor rahbarlari tomonidan kelgusida amalga oshirilishi muhim bo’lgan vazifalar yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.