Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TAKLIF
2020-10-28 09:07:18 227
Xalq ta'limi tizimini tubdan takomillashtirish bugungi kunning bosh vazifasi bo’lishi kerak, deb hisoblayman. Chunki mamlakatimiz kelajagi shu tizim faoliyati bilan bog’liq. Sohani takomilashtirish bo’yicha tayyorlanayotgan loyihaga men ham o’z takliflarimni kiritdim.
Shu takliflarimdan biri, Farmonning 1-bandi 5-xat boshiga yosh mutaxassislarni maktabda malakali o’qituvchi xolida ish boshlashini ta'minlash uchun oliy ta'lim muassasalari bilan yaqin hamkorlikni yo’lga qo’yish, amaldagi talaba amaliyoti tartibini qayta ko’rib chiqish hamda maktabga diplomli mutaxassisni emas, malakali oliy ma'lumotli yosh mutaxassisni kelishini ta'minlash to’g’risidagi jumlalarni qo’shishdir.
I.Husanov,
20-maktab direktori.