Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TUMAN KENGASHINING SESSIYASIDA TA'LIM-TARBIYA VA ILM-FAN SOHASINI RIVOJLANTIRISH UCHUN TAKLIFLAR BERILDI
2020-10-26 22:45:39 276
Bugun xalq deputatlari Qo’shtepa tumani Kengashining yigirma to’rtinchi sessiyasi bo’lib o’tdi va unda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimiz ta'lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” Farmoni loyihasi uchun takliflar berish to’g’risidagi masala muhokama qilindi. Sessiya ishiga tuman hokimi I.V.Novikov raislik qildi.
Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o’rinbosarlari, siyosiy partiyalar rahbarlari, maktab direktorlari, ota-onalar, faxriy murabbiylar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.
Shuningdek, sessiyada Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Farg’ona viloyati bo’limi rahbari Sayyora Alimova va Toshkent axborot texnologiyalar universiteti Farg’ona filiali direktori Akramali Rasulovlar ham qatnashdilar.
Joriy yilning 23 oktyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Nizomiddinov Zaynilobiddin Shaxobbidinovich boshchiligida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimiz ta'lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmoni loyihasiga bag’ishlangan kengaytirilgan videoselektor yig’ilishi bo’lib, ushbu masala bo’yicha bir qator vazifalar belgilab berilgan edi.
Mazkur masala yuzasidan tuman xalq ta'limi bo’limi mudiri Orifjon Dexqonov axborot berdi.
Farmon muhokamasi bo’yicha Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Farg’ona viloyati bo’limi rahbari Sayyora Alimova, Toshkent axborot texnologiyalar universiteti Farg’ona filiali direktori Akramali Rasulov, tuman Kengashi deputati Shavkatjon Sharopov, 20-umumta'lim maktabi direktori Imyamin Xusanov, mehnat faxriylari Mamlakatxon Xojimatova, Toyirjon Usmonov va boshqalarning taklif va mulohazalari tinglandi.
Sessiyada deputatlar, mas'ullar va faollar tomonidan farmon loyihasiga kiritilgan takliflar tasdiqlandi. Kengash qarori Xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyasida tasdiqdash uchun taqdim etildi.
Shuningdek, Sessiya davomida kun tartibiga kiritilgan boshqa masalalar ham ko’rilib, ko’rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.