Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 39 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO’SHTEPA TUMANI: 1-SEKTOR XABARLARI QISQA SATRLARDA

×

 2020-10-26 15:18:07    314

PDF yuklash
Chop etish


Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov bugun tuman markaziy shifoxonasida bo’lib, kuz-qishga mavsumiga tayyorgarlik bo’yicha olib borilayotgan ishlar hamda bemorlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Bundan tashqari, “Sohibkor” mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi dorixonalarda dori-darmon vositalari mavjudligini va ularning narx-navolarini o’rgandi. Sotuvchilarga karantin qoidalariga qat'iy rioya qilish, dori-darmonlar narxini asossiz oshirish holatlariga yo’l qo’ymaslik yuzasidan ko’rsatmalar berildi.

Karantin davrida aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash va narxni barqaror ushlab turish bugungi kundagi eng dolzarb masalalardan biri bo’lib turibdi. Shu maqsadda I.Novikov mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi savdo do’konlarida ham bo’ldi. Sotuvchilar bilan karantin qoidalariga qat'iy rioya qilish, fuqarolar o’rtasidagi oraliq masofani saqlash, savdo madaniyatiga amal qilish yuzasidan muloqot qildi.

Shuningdek, sotuvchilarga asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxini asossiz oshirish holatlariga yo’l qo’ymaslik yuzasidan ko’rsatmalar berildi.

Sektor rahbari “Sohibkor” mahalla fuqarolar yig’inida istiqomat qilayotgan 1-sektor shtabi “Temir daftari”ga kiritilgan oilalarda ham bo’lib, ularni ehtiyojmandlar ro’yhatidan chiqarish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Aholining asosiy daromad manbayi bo’lgan tomorqadan unumli foydalanish, aholi bandligini ta'minlash maqsadida ularga subsidiya asosida naslli quyon boqishni yo’lga qo’yish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Tuman hokimi tomonidan ushbu hududda faoliyat ko’rsatib kelayotgan “Sardoba ko’za plast” mas'ulyati cheklangan jamiyatida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifati va ishchilarga yaratilgan shart-sharoitlar ham o’rganildi. Jamiyat rahbariga imtiyozli kredit olish hisobiga faoliyatini yanada kengaytirish va qo’shimcha yangi ish o’rinlari yaratish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

I.Novikov tumandagi fermer xo’jaliklarida paxta terimi hamda boshoqli don ekish ishlari bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Ushbu ishlarni uyushqoqlik bilan o’tkazish yuzasidan tuman hokimi tomonidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriq va ko’rsatmalar berildi.

 Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.