Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 30 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA O’ZGARTISH VA QO’SHIMCHALAR KIRITILDI

×

 2020-10-23 14:10:47    260

PDF yuklash
Chop etish


“O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi (O’RQ-640, 05.10.2020 y).

Qonun bilan 8 ta kodeks va 10 ta qonunga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi.

Oila kodeksiga kiritilgan qo’shimchalarga ko’ra, 4 nafar va undan ortiq 18 yoshga to’lmagan bolasi bo’lgan oila ko’p bolali oila hisoblanadi.

Bunda, agar 4 nafar va undan ortiq bolalaridan 1 nafari yoki undan ko’prog’i ta'limning kunduzgi shaklida (o’rta maxsus va kasb-hunar, oliy ta'lim) ta'lim tashkilotlarida o’qiyotgan hamda 22 yoshga to’lmagan bo’lsa, bu oila ham ko’p bolali oila deb hisoblanadi.

Soliq kodeksiga kiritilgan o’zgartirishlarga ko’ra, jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’idan ozod qilingan boquvchisini yo’qotgan ko’p bolali oilalar deb endilikda ota va onadan biri yoxud ota-ona vafot etgan ko’p bolali (ilgari o’n olti yoshga to’lmagan beshta va undan ortiq bolalari bo’lgan oilalar) oilalar e'tirof etiladi.

Qonun bilan Ma'muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksga kiritilgan qo’shimchaga ko’ra, tazyiq o’tkazgan va (yoki) zo’ravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil bo’lgan shaxs tomonidan himoya orderi talablarini bajarmaganlik uchun ma'muriy javobgarlik belgilandi.

Bunday huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga nisbatan 223 ming so’mdan 669 ming so’mgacha miqdorda jarima yoki 15 sutkagacha ma'muriy qamoqqa olish jazosi qo’llaniladi.

Qonun bilan “Davlat boji to’g’risida”gi Qonunga kiritilgan qo’shimchaga ko’ra, da'vogarlar tazyiq va zo’ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga yetkazilgan ma'naviy va moddiy zararning o’rnini qoplash to’g’risidagi da'volar yuzasidan davlat bojidan ozod qilinadi.

Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

Qonun bilan Ma'muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksga kiritilgan qo’shimchalarga ko’ra, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari davlat inspektorining qonuniy faoliyatiga to’sqinlik qilganlik, shuningdek uning ko’rsatmalarini bajarmaganlik uchun ma'muriy javobgarlik belgilandi.

Ushbu huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun fuqarolarga 669 ming so’mgacha, mansabdor shaxslarga esa 1 mln 115 ming so’mgacha jarima qo’llaniladi.

Shuningdek, Ma'muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeks 125-2-modda bilan to’ldirilib, unga ko’ra boshqa davlatlarda ro’yxatdan o’tkazilgan yuklarni va (yoki) yo’lovchilarni tashish uchun mo’ljallangan avtotransport vositalaridan qonunga xilof ravishda foydalanganlik uchun ma'muriy javobgarlik belgilandi (4 mln 460 ming so’m jarima).

Mazkur ma'muriy huquqbuzarlikka oid ishlarni ko’rib chiqish vakolati Transport vazirligi organlariga berildi.

Qonun bilan Fuqarolik kodeksiga kiritilgan o’zgartirishga ko’ra, tovar belgisidan oxirgi 3 yil (ilgari 5 yil) davomida O’zbekiston hududida uzrli sababsiz uzluksiz foydalanilmagan taqdirda, uning ro’yxatdan o’tkazilganligi istalgan manfaatdor shaxsning talabi bo’yicha sud qaroriga asosan bekor qilinishi mumkin.

Fuqarolik kodeksiga kiritilgan o’zgartirishlar Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran, Ma'muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksga kiritilgan o’zgartirish va qo’shimchalar esa Qonun kuchga kirgan kundan e'tiboran 3 oy o’tgach kuchga kiradi.

Ziyodbek Halimjonov,

Qo’shtepa tuman adliya bo’limi yetakchi maslahatchisi.