Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“TADBIRKORLAR UYI” FAOLIYATIDAN
2020-10-23 13:21:32 223
Tumanimizda investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash borasida amaliy chora-tadbirlar belgilanib, bir qator ijobiy natijalarga erishilmoqda. Xabaringiz bor yaqinda tadbirkorlar faoliyatini qo’llab-quvvatlash borasida viloyat hokimining qaroriga asosan tumanimizda “Tadbirkorlar uyi” tashkil etildi.
Kuni kecha "Tadbirkorlar uyi"ga O’zbekiston Savdo Sanoat palatasi raisi o’rinbosari D.Xamrayev boshchiligidagi ishchi guruhi tashrif buyurib, "Tadbirkorlar uyi"da tadbirkorlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif davomida bu yerda yaratilgan sharoitlar ishchi guruh tomonidan yuqori baholanib, tumanimizdagi “Tadbirkorlar uyi” faoliyatini "Farg’ona tajribasi" sifatida respublika hududlariga joriy etish kerakligi bo’yicha ijobiy fikrlar bildirildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.