Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 33 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

RESPUBLIKA HUDUDIDA IDENTIFIKATSIYA ID-KARTALARINI JORIY ETISH YO’LGA QO’YILADI

×

 2020-10-21 21:46:26    212

PDF yuklash
Chop etish


Mamlakatimizda axborot tizimini jadal rivojlantirish, aholiga davlat xizmatlarini ko’rsatishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish, turli axborot tizimlarida va masofaviy xizmat ko’rsatishda shaxsni identifikatsiyalashning yagona mexanizmini joriy etish hisoblanadi.

Identifikatsiya ID-kartalarini olish uchun O’zbekistonda doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar doimiy yashash joyidagi ichki ishlar organining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo’linmasiga, almashtirish uchun esa istalgan ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo’linmalariga murojaat qilishi uchun imkoniyat yaratiladi;

identifikatsiya ID-kartasining blankasida egasining millati haqidagi ma'lumotlar ko’rsatilmasdan ID-kartaning chipiga kiritiladi;

fuqaro o’z ID-kartasini olish yoki almashtirish yuzasidan o’z vaqtida murojaat qilmagan, yaroqsiz holga keltirgan va yo’qotib qo’ygan taqdirda, ma'muriy javobgarlikka tortilmaydi;

ID-karta fuqarolarga quyidagi muddatlarga beriladi:

·       yangi tug’ilgan bolaga 1 yoshgacha - ikki yil muddatga (ota-onalar, vasiylarning ixtiyoriga ko’ra)

·       1 yoshdan 16 yoshgacha - 5 yil muddatga (ota-onalar, vasiylarning ixtiyoriga ko’ra)

·       16 yoshdan - 10 yil muddatga

Fuqaro ID-karta olish uchun quyidagilarni taqdim etadi:

·       ariza-anketa

·       ilgari berilgan pasport yoki ID-karta

·       tug’ilganlik haqidagi guvohnoma (ID-karta birinchi marotaba rasmiylashtirilayotganda)

·       vakolatli organning qarori (ID-karta ashyoviy dalil sifatida olib qo’yilganida)

·       davlat boji to’langanligi haqida kvitansiya (elektron to’lov tizimlari orqali to’langanda kvitansiya majburiy emas)

Identifikatsiya ID-kartalari 1 ish kunida rasmiylashtirib beriladi;

murojaat o’zgalar yordamiga muhtoj qariyalar va nogironligi bo’lgan shaxslardan kelib tushganda mas'ul xodim tomonidan 15 kunda ushbu shaxslarning yashash manziliga borgan holda identifikatsiya ID-kartasi rasmiylashtiriladi va ko’rsatilgan xizmat uchun qo’shimcha to’lov undirilmaydi.

Qo’shtepa tuman adliya bo’limi.