Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QADRING BALAND BO’LSIN ONA TILIM
2020-10-21 21:13:00 311
Qo’shtepa tumani Xalq ta'limi bo’limiga qarashli 1-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi faollar zalida 21-oktyabr “O’zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Tadbirda tuman hokimi I.Novikovning bayram tabrigini tuman hokimining davlat tili to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya qilish masalalari bo’yicha maslahatchisi U.Xolmatov o’qib berdi.
Tadbir davomida, tuman hokimining xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahatchisi B.Mo’minova so’zga chiqib, xalqimizning ko’p asrlik madaniy, ilmiy-ma'rifiy va badiiy tafakkuri mahsuli bo’lgan o’zbek tili jahondagi boy va qadimiy tillardan biri ekanligini ta'kidlab o’tdi. Xalqimizni hamda tadbir ishtirokchilarini tarixiy sana - o’zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining o’ttiz bir yilligi bilan samimiy muborakbod etdi.
Yurtimizda o’z shukuhini tarannum etayotgan bayram munosabati bilan, tumanimizdagi 2-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi ona tili va adabiyoti o’qituvchisi I.Rizayeva so’zga chiqib, Hukumatimiz tomonidan tilimizga bo’layotgan e'tibor, uni rivojlantirish maqsadida qabul qilinayotgan qaror va farmonlarni, ayniqsa tilimizni o’zining bayram kunini nishonlash borasidagi, Prezidentimiz tomonidan “O’zbek tili bayrami kuni” deb nomlanishi tarixiy ahamiyatga ega ekanligini aytib o’tdi. Tadbir ishtirokchilariga o’zining “Ona tilim” nomli she'riy to’plamidan she'rlar o’qib berdi.
Tadbir davomida tuman hokimining farmoyishiga asosan tashkil etilgan “Onlayn” insholar tanlovida faol ishtirok etgan o’qituvchi va o’quvchilarga tuman hokimining faxriy yorliqlari topshirildi.
Bayram tadbiri, tuman madaniyat uyi tomonidan tayyorlangan bayram dasturi asosida davom etdi.
U.Xolmatov,
tuman hokimining maslahatchisi.