Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“TADBIRKORLAR UYI” FAOLIYATINI BOSHLADI
2020-10-17 23:37:54 273
Qo’shtepa tumanida investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash borasida amaliy chora-tadbirlar belgilanib, bir qator ijobiy natijalarga erishilmoqda. Kuni-kecha tadbirkorlar faoliyatini qo’llab-quvvatlash borasida yana bir xayrli ishga qo’l urildi. Viloyat hokimining qaroriga asosan tumanimizda ham “Tadbirkorlar uyi” tashkil etildi.
Zamon talabi bilan barpo etilgan “Tadbirkorlar uyi”ning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilarda aks etadi. Aholini tadbirkorlik sohasidagi ilk ko’nikmalarini shakllantirish bo’yicha o’quv kurslarini tashkil etish, tadbirkorlarga chet el investitsiyalarini jalb etish borasidagi muammolarini hal qilishda va ishlab chiqarayotgan mahsulotini tashqi bozorlarga kirishiga ko’maklashish, investitsiyalarni jalb etish sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish bo’yicha takliflar tayyorlash, biznes forumlar, konferensiyalar, kooperasion sanoat yarmarkalari hamda seminarlar o’tkazish, tumanda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik sub'yektlarini xorijiy davlatlarda o’tadigan ko’rgazma va yarmarkalarda ishtirokini ta'minlashga ko’maklashish, eksport va import shartnomalarini tuzish va ro’yxatga olish masalalari bo’yicha maslahat berish hamda mahalliy va xorijda ishlab chiqarilgan texnologik uskunalarni xarid qilish bo’yicha ma'lumot olishda ko’maklashish va boshqalardan iboratligi har bir tadbirkor o’z faoliyatini rivojlantirishda ushbu maskanning ko’magidan foydalanishini taqozo etadi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.