Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA
2020-10-17 19:31:59 263
Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov bugun xalq ta'limi bo’limi tasarrufidagi 13-umumta'lim maktabida hamda tuman Maktabgacha ta'lim bo’limiga qarashli 25-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida bo’lib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishdi.
Shuningdek, “Yo’ldoshobod” mahalla fuqarolar yig’inidagi 1-sektor shtabi “Temir daftari”ga kiritilgan oilalarni ehtiyojmandlar ro’yxatidan chiqarish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham tanishdi. Aholining asosiy daromad manbayi bo’lgan tomorqadan unumli foydalanish yuzasidan ularga tegishli tavsiyalar berildi.
Ushbu hududda faoliyat ko’rsatib kelayotgan yakka tartibdagi tadbirkor E.Madmarov faoliyati ham tuman hokimining e'tiboridan chetda qolmadi. Tadbirkor tomonidan ishlab chiqarilayotgan qurilish materiallari sifati o’rganilib, faoliyatini kengaytirish hisobiga yangi ish o’rinlari tashkil etish yuzasidan tegishli takliflar berildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.