Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
#FARG’ONA
2020-10-16 16:04:40 329
Joriy yilning 15 oktyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Farg’ona viloyati filiali tomonidan viloyatdagi Mehnat bandligi bosh boshqarmasi va Moliya boshqarmasi tizimidagi mavjud bo’sh vakant lavozimlarga tashkil etilgan tanlovlar o’tkazish va keng targ’ib qilish hamda “Yagona milliy mehnat tizimi”ga kiritish yuzasidan olib borilayotgan ishlar va yo’l qo’yilayotgan xato-kamchliklarni bartaraf etishga qaratilgan ZOOM orqali muhokama o’tkazildi.
Muhokamalar jarayonida viloyat, shahar va tuman hokimliklari Tashkiliy-nazorat guruhi rahbarlari hamda Mehnat bandlik boshqarmasi, Moliya boshqarmasi va ularning tuman (shahar) bo’limlarining mas'ul rahbar-xodimlari ishtirok etdi.
Unda bo’sh vakant lavozimlarga o’tkazilayotgan tanlovlarni sifatli, adolatli, shaffof, ochiq tarzda tashkil etish va keng ahol o’rtasida targ’ibot etish masalasi ilgari surildi.
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Axborot xizmati
Agentlik telegram kanalini kuzatib boring: https://t.me/argos_uz