Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 19 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

NAZORAT O’RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI

×

 2020-10-09 22:21:40    311

PDF yuklash
Chop etish


Tuman hokimining 2020 yil 16 martdagi “Qo’shtepa hududidagi ko’chalarga nom berish hamda ayrimlarining nomlarini o’zgartirish to’g’risida” gi 162-sonli hamda 2020 yil 11 sentyabrdagi 438-sonli qarorlari ijrosini ta'minlash hamda geografik ob'yektlarni nomlash va qayta nomlash sohasidagi qonun hujjatlari ijrosi natijadorligi yuzasidan tumandagi mutaxassislar tomonidan nazorat o’rganish ishlari olib borildi.

Jumladan, qaror ilovasida ko’rsatilgan, nomlari qayta nomlangan 24 ta mahalla fuqarolar yig’inlaridan, Garmdon, Borot, Shahartepa hamda Shomirza mahalla fuqarolar yig’inlaridagi holat  o’rganildi.  Hududlarda geografiy ob'yektlarga nom berish va qayta nomlash masalalarida O’zbekiston Respublikasining “Geografiy ob'yektlarning nomlari to’g’rsida” gi Qonun talablariga rioya etmaslik, xususan, geografik ob'yektga eng xos bo’lgan belgilarni aks ettirmasligi, mahalliy aholining tarixi, madaniyati, milliy, etnik, tilga oid va boshqa xususiyatlari hisobga olmasligi, nomlarning  o’xshashligi hamda noto’g’ri yozilish holatlari majud bo’lmasligi yuzasidan mahalla fuqarolar yig’inlari mutasaddi xodimlariga ko’rsatmalar berib o’tildi.

O’rganish davomida mazkur mahalla fuqarolar yig’inlarida nomlari o’zgartirilgan ko’cha nomlarini lotin yozuvida, tartib raqami bilan birga o’rnatilganligiga e'tibor berildi. Jumladan, Garmdon mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi Obodlik ko’chasiga Taraqqiyot nomi berilgan. Mazkur nom xonadonlar peshtoqiga to’liq nomi va raqami bilan o’rnatilgan.

Borot mahalla fuqarolar yig’ini Mashhad ko’chasiga Orasta nomi berilgan. Mazkur nom xonadonlar peshtoqiga to’liq nomi va raqami bilan o’rnatilgan.

 O’rganishlar davomida mahalla fuqarolar yig’inlaridagi xonadonlar peshtoqiga ko’cha nomi, tartib raqami o’rnatilmagan xonadonlarga qisqa muddatlarda o’rnatish yuzasidan mahalla xodimlariga ko’rsatmalar berildi.

O’rganish natijalari va xulosalari yuzasidan shu kunning o’zida tuman hokimligining katta majlislar zalida mahalla fuqarolar yig’inlarining barcha toifadagi mutasaddi xodimlari ishtirokida muhokama qilindi. Aniqlangan kamchiliklar va ularni bartaraf etish muddatlari rejalashtirildi. Muhokama yig’ilishida tuman hokimining o’rinbosari A.Yusupov hamda mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi boshlig’i Z.Kamilov ishtirok etdilar.                     

U.Xolmatov,

tuman hokimining maslahatchisi.