Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
«MEHNAT YARMARKASI»DA: AYOLLAR VA YOSHLARGA E'TIBOR QARATILDI
2020-10-09 21:22:04 238
Qo’shtepa tuman prokurori, 2-sektor rahbari M.Shomurodovning tashabbusi bilan barcha sektor rahbarlari va tuman hokimi I.Novikov ishtirokida sektor hududida navbatdagi "Bo’sh ish o’rinlari" mehnat yarmarkasi o’tkazildi.
Mehnat yarmarkasida sektor rahbarlari bilan birga tuman mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limining mas'ul rahbarlari, tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari, mahalla fuqarolar yig’inlari xodimlari qatnashdilar. Mehnat yarmarkasida tumandagi 188 ta korxona va muassasalar hamda tadbirkorlik sub'yektlari 918 ta bo’sh ish o’rinlari bilan qatnashdi.
Yarmarkada asosiy e'tibor ishsiz yoshlar, xotin-qizlar va maktab bitiruvchilarining bandligini ta'minlashga qaratildi.
Yarmarkada katnashgan 509 nafar ishsiz fuqarolardan 127 nafari doimiy ishga joylashtirilib, bandligi ta'minlandi.
Shundan, 57 nafari ayollarni, 56 nafari yoshlarni va 14 nafari maktab bitiruvchilarini tashkil etadi.
Qo’shtepa tuman 2-sektor shtabi.