Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 51 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“MA'RIFATCHILAR” KIM?

×

 2020-10-07 14:44:37    517

PDF yuklash
Chop etish


Tarixdan ma'lumki, ilk paydo bo’lgan firqa va oqimlardan xorijiylar birinchi bo’lib iymon masalasini buzib talqin etganlar. Ya'ni unga ko’ra, xorijiylar o’z tomonlarida bo’lmagan musulmonlarning barchasini kofirga chiqarib, ularni o’ldirish halol degan qarashga asoslanganlar. Ular kattayu kichik gunohlarni qilgan kishini “mushrik” va “kofir” deb hukm qilganlar.  “Ma'rifatchilar” ham xuddi xorijiylarga o’xshash usulni qo’llaydilar. Ya'ni ular bilan birga bo’lmaganlar, ularning g’oyalariga qo’shilmaganlar  “Ma'rifatchilar” uchun kim bo’lishidan qat'iy nazar ota-onasimi, aka-ukasimi kofir - mushrikdir.

“Ma'rifatchilar” hadislarni islom manbasi ekanini inkor etadi, imom va masjidlarning faoliyatini go’yoki Qur'onda ko’rsatilmagan, deb tan olmaydi, namoz vaqti va tartibini e'tiborga olmaydi, shuningdek, Muhammad (s.a.v.) ning islom dinini tarqalishidagi o’rni va ahamiyatini tan olmaydi, uni faqat vahiy olishdagi “vositachi” deb hisoblaydi.

Bundan tashqari, “Ma'rifatchilar” Qur'on oyatlari va namozni o’zbek tilida o’qib, arab tilida o’qiganlarni musulmon esam, deb hisoblaydi, nasha chekishni targ’ib qiladi.

Jamoa aqidasiga ko’ra:

* o’zbekcha Qur'on 1990 yilda nozil bo’ldi deb, Alouddin Mansur tarjimasini Qur'on deb da'vo qilishadi;

* namozni o’zbek tilida o’qish kerak deb da'vo qilishadi;

* faqat o’zbekcha Qur'on bilan hukm qilamiz deb, hadislarni ham tan olmaydilar;

* arab tilida Qur'on, namoz o’qiydiganlarni ermak, masxara qilishadi;

* istalgan vaqtda ikki rakat namoz o’qish, solih amallarni namoz hisobiga hisoblashadi;

* faqat Makkadagi “Masjidi harom”da namoz o’qish kerak, boshqa masjidlarda o’qish mumkin emas deyishadi;

* juma namozi faqat Makka ahliga farz etilgan degan botil g’oyaga ishonishadi;

* sahobai kiromlarni hurmatsizlik bilan tilga olishadi;

* mahalladagi yoshu qarini mushrik, kofir deb ayblab haqorat qilishadi;

* hatto ota-onalarini ham mushrik deb haqoratlashadi;

* yo’limiz haq va bu yo’lda o’lsak shahid bo’lamiz deb da'vo qilishadi;

* nasha, ko’knori singari kayf qiluvchi o’simliklarni halol sanashadi;

* har qanday ilmlik ulamo va imomlar xatolarini aytsa ularni qabul qilishmaydi;

* jamoatga jumaga chiqmay juma namozida qatnashgan ulug’larni masxara etishadi;

* musulmonlar Qur'onni tartib bilan o’qimaydilar deb da'vo qilishadi;

* Ramazon oyi ro’zasini inkor qilib, ro’zani qisqa kuz, qish kunlarida tutish kerak deb hisoblashadi;

* mashhur fiqxiy mazhablarni inkor etib firqachilik deb masxara etishadi;

* o’zlari yangi firqa, oqim paydo qilib qolganlarni firqalarga bo’linib ketganlikda ayblashadi;

* mayyitni kafanlash va “janoza” o’qish islomda yo’q amallar deb hisoblashlari ularning Islom dinidan mutlaqo uzoqlashib ketish, hatto aytish mumkinki, xorijiylarga o’xshab Islomdan xorij bo’lishlariga sabab bo’ladigan aqidalarni o’ylab topishgan. 

Ibn Umar (r.a.)dan rivoyat qilinishiga ko’ra, Rasululloh (s.a.v.) shunday deganlar: “Agar bir mo’min birovni kofir desa, ikkisidan biri albatta kofir bo’ladi. Agar kofir deyilgan kishi xaqiqatdan ham kofir bo’lsa, to’g’ri aytgan bo’ladi. Agar aytgani to’g’ri bo’lmasa, aytgan odamning o’zi kufrga ketgan bo’ladi”. Hanafiy mazhabining asoschisi Imom A'zam (r.a.)ning “Fiqhul akbar” kitoblarida yoziladiki: “Musulmonni gunohlardan biror gunoh tufayli kofirga chiqarmaymiz, garchi gunohi katta bo’lsa ham, modomiki, uni halol sanamasa. Agar o’sha sodir etgan gunohini halol deb e'tiqod qiladigan bo’lsa, Alloh taolo harom qilgan narsani halol sanagan bo’ladi. Alloh xarom qilgan narsani halol deyishlik esa kofirlikdir.

Xulosa o’rnida shuni aytmoqchimanki, noto’g’ri adashgan oqimlarning so’zlariga ishonmasdan, ularning qarmoqlariga ilinmasdan Yaratgan haq subhanahu va taologa ibodat qilishligimizni Alloh taolo barchamizga nasib qilsin!

Abduxoshim Axmadaliyev,

Qo’shtepa tumani bosh imom xatibi.