Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 36 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Tuman hokimining QARORI

×

 2020-10-07 10:04:19    210

PDF yuklash
Chop etish


2020 yil 30 sentyabr          № 464        Shodlik MFY, Baxmal ko’chasi 5-uy.

Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o’rinlarini 2021 yil uchun band qilib qo’yish to’g’risida

O’zbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan ta'minlash to’g’risida” gi Qonunning 17-moddasiga (O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to’plamlari, 2013 yil, 41-son 543-modda) va “O’zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to’g’risida”gi (O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to’plamlari, 2013 yil, 18-son, 233-modda) Qonunlariga hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 5 dekabr kunidagi «Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o’rinlarining eng kam sonini belgilash va zahiraga qo’yish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 965-sonli Qaroriga asosan tumanda ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir bo’lmagan shaxslarni 2021 yilda ishga joylashtirish uchun ish joylarini eng kam miqdorini ajratish, qo’shimcha ish joylari yaratish hamda ularni muhofaza qilish maqsadida:

QAROR QILAMAN:

1. Tumandagi ijtimoiy himoyaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish joylarining eng kam miqdorini belgilash bo’yicha komissiya tarkibi 1-ilovaga muvofiq, hamda 2 ilovalarga muvofiq xodimlarning ro’yxati bo’yicha o’rtacha sonidan 5233 nafarini tashkil etadigan 518 nafar (10,0) foizgacha miqdorida, shu jumladan:

o’n to’rt yoshgacha bolalari va nogiron bolalari bo’lgan yolg’iz ota, yolg’iz ona va ko’p bolali ota-onalar uchun 9,7 foiz (50 kishi);

umumiy o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarining davlat grantlari bo’yicha ta'lim olgan bitiruvchilari uchun 39 foiz (202 kishi);

safarbarlik chaqiriq zahirasida xizmatni o’tagan va O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari saflaridan muddatli harbiy xizmatdan bo’shatilgan shaxslar uchun 7,1 foiz (37 kishi);

nogironligi bo’lgan shaxslar uchun 29,3 foiz (152 nafar);

2021 yilda mazkur toifadagi shaxslar uchun ish joylarining eng kam mikdori belgilangan korxona va tashkilotlar ro’yxati 3-ilovaga asosan tasdiqlansin.

Tuman Aholi bandligiga ko’maklashish markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun 4,6 foiz (36 kishi);

jazoni o’tash muassasalaridan ozod qilingan, jazoni o’tayotgan yoki sud qaroriga ko’ra tibbiy harakterdagi majburiy choralar ko’rilgan shaxslar uchun 5,8 foiz (45 kishi);

ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslarning boshqa toifalari, shu jumladan odam savdosidan jabrlanganlar uchun 1,3 foiz (10 kishi) miqdorida ish o’rinlari zahirasini belgilaydi.

2. Ushbu toifa shaxslar uchun ish o’rinlari xodimlar tomonidan o’zlarining mehnat majburiyatlarini to’siqlarsiz bajarilishini ta'minlaydigan sanitariya-gigiyena normalari va mehnat sharoitlariga muvofiq bo’lishi kerak, shu jumladan:

Yolg’iz ota, yolg’iz ona va 14 yoshgacha bo’lgan nogiron bolalari bor ko’p bolali ota-onalar uchun bolalarini tarbiyalash va mehnat majburiyatlari bo’yicha vazifalarini uyg’unlashtirish imkonini beradigan, o’zgaruvchan ish jadvaliga ega bo’lgan ish o’rinlari;

Ta'lim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun ularning kasb bo’yicha tayyorgarligiga muvofiq bo’lgan ish o’rinlari;

Muddatli harbiy xizmatdan bo’shatilgan shaxslar uchun ularning kasb bo’yicha tayyorgarligiga muvofiq bo’lgan ish o’rinlari;

Nogironligi bo’lgan shaxslar uchun mehnat sharoitlari bo’yicha attestatsiyadan o’tkazilgan hamda xodimga ish jarayonlarini to’sqinliksiz bajarish imkonini (sog’ligining ahvoli va mehnat faoliyatiga nisbatan belgilangan zid ko’rsatkichlar hisobiga olingan holda) beradigan ish o’rinlari;

Tuman Aholi bandligiga ko’maklashish markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun maxsus malakani talab qilmaydigan ish o’rinlari;

Jazoni o’tash muassasalaridan bo’shatilgan, jazoni o’tayotgan yoki sud qaroriga ko’ra tibbiy harakterdagi majburiy choralar ko’rilgan shaxslar, odam savdosidan jabrlanganlar uchun ularning kasb bo’yicha tayyorgarligi hisobiga olingan holdagi ish o’rinlari, muayyan kasb-hunariga, malakaga ega bo’lmagan shaxslar uchun esa maxsus malakani talab qilmaydigan ish o’rinlari;

3. Ish o’rinlari band qilib qo’yiladigan kasblar va lavozimlar;

Muhandislar, iqtisodchilar, hisobchi, hisobchi-taftishchi, huquqshunos, zootexnik, agronom, shifokor, hamshira, kichik tibbiy xodim, ish yurituvchi, o’qituvchi, tarozibon, elektr va avtoaravacha haydovchisi, tashuvchi, farrosh, obodonlashtirish ishchisi, EHM operatori, yukchi, ishchi, bog’bon, qorovul.

4. Tumandagi mavjud korxona, tashkilot va muassasalarning rahbarlariga; O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 5 dekabrdagi 965-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o’rinlarini band qilib qo’yish tartibi to’g’risida”gi Nizomga muvofiq ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun ko’rsatilgan ish o’rinlarini tashkil etilishini ta'minlash;

Yil boshlangunga qadar o’n kundan kechikmay ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun band qilib qo’yilgan ish o’rinlari umumiy sonining kamida

25 (yigirma besh) foizi hajmida ish o’rinlari band qilib qo’yilishini va tayyor bo’lishini ta'minlasin, ushbu to’g’risida tuman Aholi bandligiga ko’maklashish markaziga yil boshlangunga qadar axborot berilsin;

Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish o’rinlarining qolgan qismini band qilib qo’yish tashkilot (ish beruvchi) tomonidan kalendar yilning birinchi choragi mobaynida ta'minlansin, bu to’g’rida tuman Aholi bandligiga ko’maklashish markaziga birinchi chorak tugagandan keyin o’n kundan kechikmay axborot hamda hisobotini berish;

Tashkilotlar har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 5-kunigacha tuman Aholi bandligiga ko’maklashish markaziga ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shakl bo’yicha muhtojlarni ishga joylashtirish to’g’risida axborot taqdim etish;

Tashkilot tomonidan muhtojlarni ishga joylashtirish uchun ish o’rinlari tayyorligi to’g’risida axborot taqdim etilmasligi, teng darajada zahiraga qo’yiladigan ish o’rinlarining belgilangan soni hisobiga ishga joylashtirish uchun ish o’rinlarining amalda tayyor emasligi tuman Aholi bandligiga ko’maklashish markazi tomonidan tuman hokimning qarorini bajarilmasligi sifatida qaralishi lozimligi qayd etilsin.

5. Muhtojlar uchun ish o’rinlarini zahiraga qo’yish bo’yicha tuman hokimining qarorini bajarmagan tashkilotning mansabdor shaxsiga, shuningdek, ularni ishga qabul qilish asossiz ravishda rad etilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ma'muriy javobgarlik belgilanadi.

Ushbu qaror bajarilmagan taqdirda tashkilotning mansabdor shaxslariga “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o’rinlarining eng kam sonini belgilash va zahiraga qo’yish tartibi to’g’risida”gi Nizomning 21-bandiga muvofiq jarima solinadi.

6. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun band qilib qo’yiladigan ish o’rinlarini tuman hokimligi tomonidan belgilangan miqdordan ortiqcha tashkil etgan tashkilotlar ushbu ish o’rinlarini tashkil etishga sarflangan mablag’larning bir qismini tuman Aholi bandligiga ko’maklashish markazi jamg’armasi mablag’lari hisobidan qoplash huquqiga egadir belgilangan muddatlarda va tartibda barpo etilishini (ajratilishini yoki band qilib qo’yilishini) ta'minlash vazifalari yuklatilsin;

7. Tuman Aholi bandligiga ko’maklashish markazi (M.Eminov) bir hafta muddatda ushbu qarorni 1-bandida ko’rsatilgan vazifalarni tashkilot rahbarlari e'tiboriga yetkazsin va ushbu qarorning bajarilishi ustidan nazoratni ta'minlasin.

8. Ushbu qaror qabul qilingan kundan boshlab uch oydan so’ng kuchga kiritilsin.

9. Mazkur qaror “Istiqbol yo’li” gazetasida (U.Xudoyberganova) rasmiy e'lon qilinishi tavsiya etiladi va hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.

10. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2019 yil 20 sentyabrdagi 4718-sonli qabul qilingan qarori 2020 yil 31 dekabr kunidan o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblansin.

11. O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019 yil 10 maydagi “O’zbekiston Respublikasi Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi mablag’lari hisobidan subsidiya

va grantlar ajratish tartibi to’g’risida Nizomni tasdiqlash haqida”gi

19-2019-B sonli buyrug’iga (AV ro’yxat raqami №3163, 31 mart 2019 yil) muvofiq, ijtimoiy ehtiyojmand aholi qatlamlariga mansub shaxslarni kvotalangan eng kam ish o’rnidan ortiq miqdorda ishga qabul qilgan tashkilotlarga - rejadan ortiq qabul qilingan har bir xodim uchun 12 oy davomida har oyda eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdorida subsidiya to’lab berilishi inobatga olinsin.

12. Ushbu qarorning bajarilishi ustidan nazorat qilish tuman hokimining birinchi o’rinbosari B.Taniqulov zimmasiga yuklatilsin.

Tuman hokimi                                           I.Novikov