Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TUMAN HOKIMINING NAVBATDAGI QABULI O’TKAZILDI
2020-10-06 21:37:56 238
Qo’shtepa tuman Xalq qabulxonasida tuman hokimi Ilyosbek Novikovning navbatdagi qabuli o’tkazildi.
Unda tumandagi barcha mutasaddi korxona va tashkilotlardan mas'ul vakillar ishtirok etishdi. Fuqarolar o’z masalalari yuzasidan bevosita tuman hokimiga murojaat qilishdi.
Qabul davomida 40 nafarga yaqin fuqarolardan turli mazmundagi murojaatlar kelib tushdi. Murojaatlarning aksariyat qismini, uy-joy, moddiy yordam va nafaqa pul iolish, bank, bandlik, ichimlik suv ta'minoti, yo’llarni asfaltlash bilan bog’liq murojaatlar tashkil etdi.
Ushbu murojaatlar yuzasidan ayrim fuqarolarga huquqiy tushuntirish berildi. Qolganlari esa qonunchilikda belgilangan muddatlarda o’rganib, chora ko’rish uchun tegishli tashkilot va idoralarga yuborilib, ijrosi nazoratga olindi.
Qo’shtepa tuman 1 sektor shtabi.