Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
KAMBAG’ALLIKNI KAMAYTIRISH - ENG MUHIM VA ENG DOLZARB MASALADIR
2020-10-05 20:37:36 237
Bugun sektor rahbarlari aholi ichiga kirib, bevosita uyma-uy yurish orqali ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash hamda bartaraf etish bo’yicha ijobiy ishlarni amalga oshirib kelmoqdalar.
Jumladan, Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari Ilyosbek Novikov bugun Oqtepa, Yo’ldoshobod, Yangi do’kon hamda Qumtepa mahalla fuqarolar yig’inidagi "Temir daftar"ga kiritilgan xonadonlarda bo’lib, ularga ko’rsatilgan ijtimoiy va moddiy ko’mak natijasida o’zlarining doimiy daromad manbaylariga ega bo’lganliklari bilan yaqindan tanishdi.
Hususan, sektor rahbarining say'-harakati bilan “Temir daftari”ga kiritilgan mehnatga layoqatli ishsiz fuqarolar ishga joylashtirildi. Imtiyozli kredit mablag’lari hisobidan tikuvchilik, parrandachilik va qo’ychilikni, shuningdek, subsidiya asosida berilgan quyonchilikni yo’lga qo’yishlari hamda qurib berilgan issiqxonalardan samarali foydalanishlari hisobiga ularning doimiy daromadga ega bo’lishlari ta'minlandi.
Tuman hokimi "Temir daftar"ga kiritilgan va daromad topishlari yo’lga qo’yilgan har bir oila vakillari bilan samimiy suhbatlashib, ularga o’zining maslahat va takliflarini berdi.
Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.