Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO’SHTEPANING MEHRLI VA SAXOVATLI KISHILARI TAQDIRLANDI
2020-10-03 13:26:11 250
Jahon miqyosida keng tarqalib, global muammoga aylangan koronavirus pandemiyasi davrida, shuningdek, turli tabiiy ofatlar, favqulodda holatlar tufayli el-yurtimiz boshiga tushgan sinovli kunlarda mavjud xavf-xatarlarga qarshi kurashda, ularning oqibatlarini bartaraf etishda mardlik va jasorat namunasini ko’rsatgan, jamiyatimizda tinchlik-osoyishtalik, birlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlashda faol ishtirok etib, beg’araz homiylik yordami hamda ezgu ishlari bilan ko’pchilikka alohida o’rnak bo’layotgan yurtdoshlarimizni taqdirlash maqsadida shu yilning 26 may kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan «Mehr va saxovat» ko’krak nishoni ta'sis etilgandi.
Davlat rahbarining mazkur hamda «Mehr-saxovat» ko’krak nishoni bilan mukofotlash to’g’risida»gi (2020 yil 26 avgust) farmonlari ijrosini ta'minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi maxsus qaror qilib qilib, unda «Mehr-saxovat» ko’krak nishoni bilan taqdirlanadigan sog’liqni saqlash sohasining jonkuyar vakillari, saxovatli tadbirkorlar, davlat tashkilotlari va jamoat birlashmalarining fidoyi xodimlari hamda boshqa tashabbuskor va faol fuqarolar ro’yxati tasdiqlandi.
Shu kunlarda joylarda «Mehr-saxovat» ko’krak nishonining ilk sohib va sohibalarini taqdirlash tadbirlari ixcham tarzda o’tkazilmoqda. Shunday tadbir Qo’shtepa tumanida ham bo’lib o’tdi.
Ushbu tantana munosabati bilan tuman hokimligida bo’lib o’tgan tadbirda qo’shtepalik 15 nafar fidoyi insonlarga ko’krak nishonlari topshirish marosimi tashkillandi. Ko’krak nishonlarini tuman hokimi Ilyosbek Novikov yig’ilganlarning olqishlari ostida o’z egalariga topshirdi.
Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati