Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Ezgu fazilat - yuksak ma'naviyat namunasi
2020-09-24 16:49:58 447
Halqimizning turmush va tafakkur tarziga nazar tashlaydigan bo’lsak, boshqalarga hyech o’xshamaydigan, ming yillar davomida shakllangan hayotimizning uzviy bir qismi sifatida namoyon bo’ladigan o’ziga xos hususiyatlarni ko’ramiz.
Ota-bobolarimiz necha asrlar mobaynida shu bepayon mintaqada qanday hamjihat bo’lib, qanday qadriyatlar asosida yashab kelgan bo’lsa, bugun ham tabir joiz bo’lsa, hayot gardishi tabiatning o’zi bizni - butun xalqlarni aynan ana shunday do’stlik, mehr-oqibatlik, hamkorlik ruhida hayot kechirishga da'vat etmoqda.
Bir so’z bilan aytganda, jamuljam bo’lib yashash tuyg’usi biz uchun hayot falsafasiga, aniqrog’i hayot qoidasiga aylanib ketgan. Zamonaviy tilda aytadigan bo’lsak, bu milliy mintalitetimizning asosini tashkil etadigan, boshqalardan ajratib turadigan shunday hususiyatki, uni sezmaslik, anglamaslik, ko’rmaslik umuman mumkin emas.
Ayniqsa, bunday go’zal sifatlar bashariyatni qamrab olgan tojsimon virusga qarshi kurash davrida ham aks etayotganini guvohi bo’lib turibmiz.
Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan yurtimizda pandemik vaziyatni bartaraf etish, oldini olish uchun qaror va farmonlar imzolanayotgani, mazkur hujjatlarning tub mohiyatida inson taqdiri, uning turmush tarzini himoya qilish kabi jihatlar ko’zda tutilgani, qolaversa yurtboshimizning “Aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlashga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori ham qiynalgan odamlar qalbiga umid, shukronalik tuyg’ularini olib kirish bilan birga halqimizni ana shunday mehr-oqibatlik, hamkorlik ruhida hayot kechirish eng muhim insoniylik belgisi ekanligini anglatib turibdi. Davlatimiz tomonidan bunday insonparvarlik ruhida ish olib borilayotgani bizning baxtimizdir.
Barchamizning hozirgi vaqtda bunday ko’rinmas to’siqlarni yengish uchun birgina karantin qoidalariga amal qilishimiz ham ezgu fazilat - yuksak ma'naviyat namunasidir.
N.Otabekov,
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi
Qo’shtepa tumani bo’linmasi rahbari.