Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Oliy Majlis Senati a'zolari Qo’shtepada
2020-09-23 20:20:57 266
Ilg’or terimchilar rag’batlantirildi
2020 yilgi paxta yig’im-terimi davomida majburiy mehnatga yo’l qo’ymaslik hamda terimchilarga yaratilgan mehnat sharoitlari, sanitariya, maishiy va boshqa qulayliklar, mehnat haqining o’z vaqtida to’lanishi bilan yaqindan tanishish maqsadida Oliy Majlis Senati a'zolari X.Xo’jamqulov, M.Ro’zimetov va E.Siddiqovalar Qo’shtepa tumanida bo’ldilar.
Ular to’rtta sektor hududlaridagi “Paxlavon G’ulomjon”, “Nuriddin Taniqulov”, “Qahramon Murodov yeri” kabi o’ndan ortiq fermer xo’jaliklari va “Farg’ona global tekstil” MCHJga qarashli paxta dalalarida bo’lib, yig’im-terim jarayonlari, terimchilarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib, paxta dalalaridagi mavjud vaziyatni o’rgandilar.
Oliy Majlis Senati a'zolariga tuman hokimi I.Novikov, tuman IIB boshlig’i S.Abdullayev, viloyat fermer-dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi G’.Abdulxakimovlar hamrohlik qildilar.
Bugun paxta maydonlarida paxtakorlar bilan suhbatlar olib borilib, 50 nafardan ziyod ilg’or terimchilarga sovg’alar ulashildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati